104
dunyoqarashi, bilimdonlik saviyasi va jasoratiga bog’liq. «Olamga quyosh ziyo taratsa,
odamzod qalbiga ziyoli nur sochadi», deydi xalqimiz.
Hozirgi vaqtda Respublikada 66 ta Oliy o’quv yurti, jumladan, 1500 ga yaqin kasb-hunar
kollejlari, akademik litseylar va 10 mingga yaqin umumiy o’rta ta’lim maktablari faoliyat
ko’rsatmoqda. Yangi kasb-hunar kollejlarini va ularning filiallarini qurish nihoyasiga yetkazildi.
O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning eng muhim maqsadi yurtimizda sog’lom va
barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan avlodni shakllantirishdan
iboratdir.
Aynan shu maqsadlarga erishish uchun mamlakatimizda 1997 – 2010 yillarda keng
miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirildi. Uning zamirida aholining
uzluksiz ta’lim olishini ta’minlash, ta’lim tizimining jamiyatdagi o’zgarish va yangilanishlar,
iqtisodiyotdagi yuqori malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyoj bilan uyg’un va hamohang
bo’lishiga erishish kontseptsiyasi mujassam edi. Frantsiyadagi dunyoning eng yaxshi 5 ta
biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi
“Innovatsion global indeksi” ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotda keltirilishicha dunyoning
141 mamlakatida innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tashkil qilingan. Tahlilning asosiy
tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo’yicha bizning mamlakatimiz
Dostları ilə paylaş: