O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə113/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

2-diagramma.
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar dinamikasi (o’sayotgan birlikda)


107
Oliy ta’lim tizimida bakalavriat va magistraturadan iborat ikki bosqichli halqaro standartga


o’tish amalga oshirildi.
Mamlakatimizda Halqaro Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish
instituti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neftь va gaz instituti, G.V.Plexanov nomidagi
Rossiya iqtisodiyot Akademiyasi, Turin politexnika universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi
Moskva davlat universiteti kabi halqaro oliy o’quv yurtlarining filiallari tashkil etilgan va
samarali faoliyat yuritmoqda.
16 – jadval
Oliy ta’limning rivojlanish ko’rsatkichlari
Ko’rsatkichlar
1990 –1991
o’quv yili
2000 – 2001
o’quv yili
2009 – 2010
o’quv yili
Oliy o’quv yurtlari soni
37
60
66
shu jumladan, xorijiy oliy o’quv
yurtlarining filiallari

1
6
Manba: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Hozirgi kunda yuqorida qayd etilgan oliy o’quv yurtlarida eng yuksak halqaro
standartlar asosida biznes, iqtisodiyot, huquq, axborot texnologiyalari sohalari bo’yicha talab
qilinayotgan mutaxassislar, neft-gaz tarmog’i va geologiya qidiruvi muhandislari, zamonaviy
mashinasozlik, sotsiologiya va psixologiya yo’nalishlari uchun kadrlar tayyorlanmoqda.
Oliy ta’limning 150 dan ziyod bakalavr yo’nalishi va 650 ta magistratura mutaxassisligi
bo’yicha davlat ta’lim standartlari joriy etildi. Talabalarni test sinovlari natijalari asosida
o’qishga qabul qilishga to’liq o’tildi.
Oliy o’quv yurtlarining ilm-fan salohiyati ham samarali natijalar bermoqda. Faqat
2010 yilning o’zida oliy o’quv yurtlari va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida innovatsion
loyiha va texnologiyalar ishlab chiqish uchun umumiy qiymati
4,7 milliard so’mdan ziyod shartnomalar tuzildi, davlat fan va texnika dasturlari hajmi esa
qariyb 6 milliard so’mni tashkil etdi
O’rta maxsus o’quv yurtlariga zarur bo’lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el
investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida «Umid», Pedagogik kadrlarni xorijda


108
tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlash bo’yicha «Ustoz» jamg’armalari tashkil etildi.


Bugungi kunda «Umid» va «Ustoz» jamg’armalari birlashtirilib «Iste’dod» jamg’armasi tuzildi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davlat va xo’jalik qurilishining barcha sohalarida yuqori
malakali mutaxassislar mavjudligini taqozo qiladi. SHunday sharoitda ta’lim muammosi davlat
siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, iqtisodiy
va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan
barcha fuqarolar uchun munosib xayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan
shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin