maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqarishdagi yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoldi. Mamlakatimizda 1992 yilning iyulь oyidan boshlab «Ta’lim to’g’risida»gi qonun amal
qila boshladi. Unga binoan ta’lim tizimini isloh qilishning asoslari, yoshlarni o’qitish va
tarbiyalashga qo’yiladigan asosiy talablar aniqlandi. U, eng avvalo, kishilik jamiyati yaratgan
boyliklarni va erishgan milliy davlat yutuqlarini nazarda tutadigan bolalar bog’chasidan oliy
maktabgacha bo’lgan uzluksiz bo’lishi kerak.
Islohotlarni boshlanish davrida Respublikada maktab ta’limini tashkil qilishda qator
ijobiy siljishlar yuz berdi:
1. 1996-1997 o’quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o’qish yangi
alifboda olib borildi. Yangi imlo, alifboda o’qish uchun zarur dastur, qo’llanma va darsliklar
yaratildi.
2. SHu davr maboynida 300ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassalari ochildi. Oliy o’quv
yurtlari qoshida 46 litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin o’quvchi chet ellarda ta’lim oldi, ko’pgina
o’qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish maqsadida chet mamlakatlarga
borib qaytdi.
3. Talabalar va o’qituvchi-murabbiylarni, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish yo’lga
qo’yildi. Masalan, 1993 yildan boshlab oxirgi kurs a’lochi talabalar va aspirantlari uchun
«Prezident stipendiyasi» joriy qilindi; Beruniy, Navoiy, Ulug’bek, Berdaq nomidagi
stipendiyalar ta’sis qilindi; konkurs va musobaqa g’oliblariga moddiy-pul rag’batlantirishlari
joriy qilindi. Professor-o’qituvchilarga mehnat shartnomalarining kontrakt tizimi joriy etildi va
hokazo.
4. O’rta maxsus ta’lim sohasida respublikada joylarda biznes maktabi, kasb-hunar
kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, yangi mutaxassisliklar
(Fermer, Soliq va Bojxona xodimi, Audit va hokazo) kiritildi.
5. Oliy maktab sohasida test usullari joriy etildi; viloyatlar markazlaridagi pedagogika
institutlari universitetlarga aylantirildi; CHet ellarga tajriba almashish va talabalarni o’qishga
yuborish yo’lga qo’yildi; Iqtisod va biznes sohasidagi mutaxassis va o’qituvchilarni qayta
tayyorlash bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar olib borildi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish
davrida 2 mingdan ortiq talaba va mutaxassislar chet ellarda o’qib kelishdi; 200 dan ortiq chet el
mutaxassislari respublikamiz o’quv muassasalariga jalb qilindi;
6. Davlat va Jamiyat qurilish akademiyasi, Bank va Moliya hamda “Soliq”
akademiyalari tashkil qilindi.
7. «Mahalla», «Kamolot», «Sog’lom avlod uchun», «Nuroniy» jamg’armalari tuzildi.
Yuqoridagi amalga oshirilgan ishlar dastlabki yillarda ta’lim jarayoni tizimida ko’pgina
ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatini berdi. Ammo o’tgan davr maboynida amalga
oshirilgan bu tadbirlar bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera olmadi, natijada ko’pgina