86
Respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning faoliyatini tubdan yaxshilash
va transport tizimini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida «O’zbekiston havo
yo’llari» milliy aviokompaniyasi (1992), «O’zbekiston avtomobilь transporti» («Uzavtotrans»)
davlat aktsiyadorlik koorporatsiyasi (1933), “O’zbekiston temir-yo’llari” davlat-aktsiydorlik
kompaniyasi (1994) va boshqa mahkamalar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari
davlat ishtirokidagi aktsionerlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aktsionerlik,
mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.
Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil
mashinalar) jamoa xo’jaliklari, fuqarolarning mulki. Sanoat va qishloq xo’jaligida ishlab
chiqarishning o’sishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi transport moddiy- texnika bazasining
yuksalishi bilan yuk va yo’lovchilar tashish hajmlari ham orta boradi. Respublikaning umumiy
yuk oborotida transport turlarining salmog’i ham o’zgardi. Bugungi kunda umumiy
foydalanpshdagi va sanoat transporti turlarida yuk va yo’lovchilarning asosiy qismi avtbmobilь
transportida tashiladi (yuklarning 70%; yo’lovchilarning esa 30% i).
2011 – 2015 yillarda transport tizimini rivojlantirish dasturi doirasida O’zbek milliy
avtomagistrali, mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga molik yo’llardan iborat mamlakatimiz
avtomobilь yo’llarining yagona tarmog’ini shakllantirish borasidagi ishlar davom ettiriladi. Bu
esa, o’z navbatida, davlatimizning barcha hududlarini transport kommunikatsiyasi bilan ishonchli
tarzda o’zaro bog’lash, transport xarajatlarini qisqartirish, yuk va yo’lovchi tashish
samaradorligini oshirish imkonini yaratadi. Asosiy avtomobilь yo’llarini qurish va
rekonstruktsiya qilishda 4 polosali harakatni yo’lga qo’yish, yo’llar yuzasiga zamonaviy
asfalьtbeton va tsement-beton qoplamalar yotqizish, yo’l o’tkazgichlar qurish bo’yicha eng
ilg’or xalqaro standartlar joriy qilinadi.
2010 yilda qabul qilingan 2011 – 2015 yillarda infratuzilmani, transport va
kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturi tsementbeton qoplamali xalqaro
va respublika ahamiyatiga molik yo’llarning uzunligi 2010 yilga taqqoslaganda 3,1 barobar,
birinchi toifaga kiradigan avtomobilь yo’llarining 4 polosali uchastkalari 1,9 barobar ko’payishi,
ularning O’zbek milliy avtomagistrali tarkibidagi ulushi 2010 yildagi 47,4 foizdan 2015 yilga
borib 88,3 foizga o’sishini ko’zda tutadi.
Avtomobilь yo’llar tarmog’ini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarning amalga
oshirilishini ta’minlash maqsadida 700 dan ortiq yo’l-qurilish texnikasi xarid qilish ko’zda
tutilmoqda. Buning natijasida yo’l qurish va ta’mirlash ishlari bilan shug’ullanadigan
xizmatlarning zamonaviy texnika bilan jihozlanish darajasi 2015 yilda hozirgi vaqtdagi 39
foizdan 58 foizga yetadi.
2011 – 2015 yillarda temir yo’l infratuzilmasini rivojlantirishning eng muhim
yo’nalishlari poezdlar nisbatan serqatnov bo’lgan uchastkalarni elektrlashtirish orqali ularning
samaradorligini oshirish, lokomotivlar parkini yangilash, yuk vagonlarini ta’mirlash bazasini
kengaytirish va yangi vagonlar qurish, boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek,
xizmat ko’rsatish, yo’lovchilarni manziliga tez va qulay sharoitlarda yetkazish sifatini yanada
oshirishdan iborat.
Respublikaning transport tizimi
temir yo’l, avtomobilь yo’llari,zamonaviy uskunalar bilan
jihozlangan
vokzallar, stantsiyalar, yuk omborlari, pristanlar, havo flotining yirik
Dostları ilə paylaş: