88
aktsionerlik kontserni “O’zavtoyo’l” tashkil topgan. Kontsern tarkibida Qoraqolpog’iston
Respublikasi va viloyat avtomobilь yo’llari boshqarmalari, tuman avtomobil yo’llari
boshqarmalari, 532 yo’llarni asrash va ulardan foydalanish bo’limlari, «O’zyo’lloyiha»
respublika yo’l
va inshootlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash bo’yicha loyiha-qidiruv instituti,
ko’prik temir-beton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar bor.
2010 yil avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun 378 mln.
dollarga
yaqin mablag’ o’zlashtirildi, bu o’tgan yilga nisbatan 31.5 % ko’p, shuni hisobidan 270 kmlik
zamonaviy avtomobil yo’li foydalanishga topshirilgan.
Respublikada umumiy foydalaniladigan avtomobilь transportida yo’lovchilar
tashishga
mo’ljallangan 15,0 ming avtobus, 6 mingdan ko’proq yengil taksi mashinalari mavjud.
Respublika bo’yicha 3000 dan ortiq avtobus marshrutlarida (jumladan 593 shahar, 1768 shahar
atrofi, 532 shaharlararo) avtobuslar qatnaydi. Avtobuslar bilan har kuni 5 mln. ga
yaqin
yo’lovchi tashiladi. Respublikada 30 ga yaqin avtovokzal, 120dan ortiq
avtostantsiya xizmat
ko’rsatadi.
O’zbekistonda turli maqsadlarga mo’ljallangan 200 mingga yaqin yuk avtomobillari, 35,4
ming avtobus, 45,9 ming yengil avtomobillar xizmat ko’rsatadi. Respublikada fuqarolarning
shaxsiy mulki bo’lgan 900 mingdan ortiq yengil avtomobillar bor.
Dostları ilə paylaş: