O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə92/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

(aeroport) bor (Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Nukus, Termiz,
Urganch, Farg’ona, Qarshi, Qo’qon shaharlarida).


90
5-chizma


O’zbekiston Respublikasida xalqaro aeroportlar joylashgan shaharlar
Suv transporti. 20-asr boshlarida Amudaryo va Orol dengizida suv yo’llari bo’ylab yuklar
va yo’lovchilarning ancha qismi tashilgan. 1924 yilda kema va kayiklar qatnaydigan suv
yo’llarining umumiy uzunligi 887 km edi. Amudaryo harbiy floti, «Xiva», «Merkuriy»
aktsiyadorlik jamiyatlari kemalarida, shuningdek xususiy kayiklarda yo’lovchilarga xizmat
ko’rsatilgan, zarur yuklar tashib berilgan. O’sha davrda O’rta Osiyo suv yo’llarida umumiy yuk
ortish quvvati 7 ming tonna bo’lgan 20 kema va 50 barja, umumiy yuk ortish quvvati 24 ming
tonna bo’lgan 1500 qayiq bor edi. 1980 yilda O’zbekistonda suv yo’llarining umumiy
uzunligi 2800 km.ga yetdi.  Amudaryo Panj (Tojikiston) bandargohidan Mo’ynoqqa qadar
paroxodlar qatnovi amalga oshirildi. Hozirda mavjud suv yo’llarining uzunligi 825 km ni tashkil
etib, daryo harbiy flotiga xizmat qiladi.
SHahar yo’lovchilari tashish transporti. 2010 yil Toshkent shahrida 444 mln.
yo’lovchi tashildi, kuniga 1,8 mln kishi tashildi. 150 yo’nalish bo’yicha 1500ta avtobus120 ta
tramvay va 210ta metro vagonlari yo’lovchilar xizmatida. SHu bilan birga 25 yo’nalish bo’yicha
marshrut qatnaydi.
Trolleybus qatnovi 1997 yilda Xivaning 2500 yilligini nishonlash arafasida Urganch
shahrida aeroport bilan temir yo’l vokzalini bog’laydigan trolleybus yo’li va 25 km.li Urganch-
Xiva trolleybus yo’li ishga tushirildi va faoliyat yuritmoqda.
Tramvay Toshkent shahrida rivojlangan. Tramvay yo’llarining umumiy uzunligi 293,1
km. Toshkent shahrining o’zida tramvay bir kunda 1 mln.dan ortiq yo’lovchilarga xizmat
ko’rsatadi.
Avtomobilь yo’lovchilarga xizmat qilishda muhim o’rinda turadi. 85 shahar va
shaharlarda ichki shahar avtobus va yengil taksi qatnovi yo’lga qo’yilgan, shaharlarda 670 dan
ortiq marshrutda avtobuslar qatnaydi. Yo’lovchilar umumiy hajmining 70% dan ko’prog’i
avtobus va yengil hamda mikroavtobus taksilarga to’g’ri keladi.
Metropoliten yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikada metro qurilishi Toshkent shahrida 1972 yilda boshlandi. Uning uzunligi 12,2 km

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin