Mavzu: Kiberjinoyat va kiber huquq. Fan nomi: Kiber xavfsizlik Guruhi: 710-21 AXo’ Talaba: Do’’stmurodov X. Rahbar: Muminova Sunbula.
Toshkent - 2022
Kiberjinoyat va kiber huquq.
Reja:
1. Kirish
1. Kiberjinoyat
2. Kiberjinoyat va uning turlari
3. Axborotdan oqilona foydalanish kodeksi
4. O’zbekiston respublikasining QONUNI
KIBERXAVFSIZLIK TO’GRISIDa
5. Xulosa
6. Foydalangan adabiyotlar
Kirish:
Axborotni ishlash, uzatish va to‘plashning zamonaviy usullarining rivojlanishi foydalanuvchilar axborotini yo‘qolishi, buzilishi va oshkor etilishi bilan bog‘liq tahdidlarning ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli, kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash axborot texnologiyalari rivojining yetakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash va axborot xavfsizligiga tegishli bo‘lgan ayrim tushunchalar bilan tanishib chiqaylik. Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo‘lib, unga berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan: kiberxavfsizlik – hisoblashlarga asoslangan bilim sohasi bo‘lib, buzg‘unchilar mavjud bo‘lgan sharoitda amallarni to‘g‘ri bajarilishini kafolatlash uchun o‘zida texnologiya, inson, axborot va jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga oshirish, tahlillash va testlashni o‘z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo‘lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini, etika va risklarni boshqarishni o‘z ichiga oladi