[
OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3176]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-iyul,
89-son
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019-yil 18-iyuldagi 89-son buyrug‘iga
ILOVA