tajriba ishi. YARIMSTATIK MA’LUMOTLAR TUZILMASI
Ishdan maqsad: Navbat, stek va dekni o’rganish hamda ularni tadqiq qilish. Yarimstatik Ma’lumotlar tuzilmalari ustida amal bajarish algoritmlarini o’rganish.
Qo’yilgan masala: C++ tilida navbat, stek va dekni statik ko’rinishda e’lon qilish va topshiriq variantiga ko„ra uning ustida amal bajarish dasturini ishlab chiqish.
Ish tartibi:
Tajriba ishi nazariy Ma’lumotlarini o’rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Yarimstatik Ma’lumotlar tuzilmasi
ega;
Yarimstatik Ma’lumotlar tuzilmasini quyidagicha tavsiflash mumkin:
o’zgaruvchan uzunlikka ega va uni o’zgartiruvchi oddiy funksiyalariga
tuzilmaning uzunligini o’zgartirish ma’lum bir chegarada, ya’ni qandaydir
bir maksimal qiymatdan oshmagan holda amalga oshirilishi mumkin;
Agar yarimstatik tuzilmani mantiqiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u holda chiziqli ro’yhat munosabati bilan bog„langan Ma’lumotlar ketma-ketligi tushuniladi. Xotirada yarimstatik Ma’lumotlar tuzilmasini fizik jihatdan tasvirlaydigan bo’lsak, bu xotirada slotlarning oddiy ketma-ketligidir, ya’ni har bir element xotirada navbatdagi slotlarda joylashadi. Yarimstatik MTni fizik tasvirlashning yana bir ko’rinishi bir tomonlama bog„langan ro’yhat (zanjir) ko’rinishida ifodalash mumkin, ya’ni bunda har bir navbatdagi elementning adresi joriy elementda ko’rsatiladi. Bunday tasvirlashda tuzilmaning uzunligiga
cheklanish unchalik qattiq qo„yilmaydi. Bunday tuzilmalarga – navbat, stek, dek va satrlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |