Elementni ro’yhatga qo„shish
Berilgan ro’yhatda p Ko’rsatkich ko’rsatayotgan elementdan keyin informatsion maydoni x bo’lgan elementni qo„yamiz (3.9-rasm).
3.9-rasm. Ro’yhatga yangi element qo„shish
Aytilganlarni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
q Ko’rsatkich ko„rsatuvchi bo’sh elementni yaratish: Node *q=new Node;
Yaratilgan element informatsion maydoniga x ni kiritish: q->info=x;
q elementni p elementdan keyingi element bilan bog„lash.
q->ptr=p->ptr – yaratilgan element Ko’rsatkichiga p element Ko’rsatkichini o’zlashtirish.
p element bilan q elementni bog„lash.
p->ptr=q – bu amal p elementdan keyingi element q Ko’rsatkich murojaat qilgan element bo’lishini anglatadi.
Natijada quyidagi rasmdagidek ko’rinishga ega bo„lamiz.
3.10-rasm. Natijaviy ro’yhat ko’rinishi
Endi shu algoritmni C++ tilidagi realizatsiyasini ko„rib chiqsak.
Node * p = lst;
Node * q = new Node; int numb = -1; cout<<"son kiriting: ";
q->number = numb; int k;
cout<<"nechta elementdan keyin kiritasiz k=";cin>>k; for(int i=0;inext;
q->next = p->next; p->next = q;
Bir bog„lamli ro’yhatdan elementni o„chirish
Ro’yhatda p Ko’rsatkich ko’rsatayotgan elementdan keyingi elementni o„chiramiz (3.11-rasm).
3.11-rasm. Ro’yhat o„rtasidan element o„chirish
Buni ro’yobga chiqarish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:
O„chirilayotgan elementni ko„rsatuvchi q Ko’rsatkichni kiritish. q=p->ptr;
p elementni q elementdan keyingi element bilan bog„lash. p->ptr=q->ptr;
O„chirilayotgan element info maydonidagi informatsiyani yodda saqlash (agar zarur bo’lsa) k=q->info;
q Ko’rsatkich ko’rsatayotgan elementni o„chirish. delete(q)
Natijada ro’yhat quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
3.12-rasm. Natijaviy ro’yhat ko’rinishi
Shu algoritm dasturi:
Node* p = lst;
Node* q = new Node; int k; cout<<"k=";cin>>k;
for(int i=0;inext; q = p->next;
p->next = q->next; delete(q);
Dostları ilə paylaş: |