O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


tajriba ishi. MA’LUMOTLARNING ODDIY SOZLANGAN TOIFALARI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə3/52
tarix20.10.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#65616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

tajriba ishi. MA’LUMOTLARNING ODDIY SOZLANGAN TOIFALARI




Ishdan maqsad: Ma’lumotlarning oddiy sozlangan va nostandart toifalarini o’rganish va ularni tadqiq qilish.
Qo’yilgan masala: C++ tilida butun, haqiqiy, belgili, mantiqiy toifadagi Ma’lumotlarni e’lon qilish, nostandart toifalarni yaratish va ularga doir misollarning dasturini ishlab chiqish.
Ish tartibi:

    • Tajriba ishi nazariy Ma’lumotlarini o’rganish;

    • Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;

    • C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;

    • Natijalarni tekshirish;

    • Hisobotni tayyorlash va topshirish.



    1. Ma’lumotlar toifalari




Ko„plab dasturlash tillarida Ma’lumotlar bazaviy va keltirilgan toifalarga ajratiladi. Ma’lumotlarning toifalarini 1.1-rasmdagidek klassifikatsiyalash mumkin.




void







bool
char
wchar_t
short
int long
float
double

long double


skalyar













sanaladigan




enum




Ko‟rsatkichlar




toifa_nomi *




murojaatlar




toifa_nomi&



1.1-rasm. Toifalar klassifikatsiyasi

Ma’lumotlarning ixtiyoriy toifasi qiymatlar sohasi va ular ustida bajarilishi mumkin bo’lgan amallar orqali tavsiflanadi. void kalit so’zi hech qanday toifaga ega emaslikni anglatadi. Bunday toifadagi funksiyalar hech qanday qiymatni qaytarmaydi. Lekin asosiy dastur tanasi, ya’ni main() funksiyasi void toifasiga ega bo„lolmaydi, u int toifasida bo’lishi kerak.


    1. Sozlangan toifalar


      1. Butun toifa – int

Mazkur toifa butun sonlar to„plamining qandaydir qism to„plami bo’lib, uning o’lchashhami mashina, ya’ni kompyuter konfiguratsiyasiga bog„liq ravishda o’zgarib turadi. Mazkur toifaga kiruvchi sonlar ikkiga bo’linadi: ishorali (signed) va ishorasiz (unsigned). Sonlarmi xotirada tasvirlashda eng chapdagi bit ishora uchun belgilanadi. Toifalarni signed (ishorali), unsigned (ishorasiz) kalit so’zlari bilan modifikatsiyalash mumkin. Bunda ishorali toifa uchun ajratilgan joyning eng chap biti ishora uchun, qolgan bitlar qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi, ya’ni 0 – plus, 1 - minus. Ishorasiz toifalarda esa barcha bitlar qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. Ularning har biri uchun mos ravishda qiymat qabul qilish oralig’i mavjud:



  1. ishorasiz sonlar uchun (0...2n-1);

  2. ishoralilar uchun (-2n-1… 2n-1-1).

Butun sonlar ustida turli matematik (+, -, /, *) va solishtirish amallarini bajarish mumkin, ya’ni ==, !=, <, <=, >, >= operatorlar bilan binar amallarni bajarish mumkin. Ammo bu operatsiyalarning natijalari int toifasiga kirmaydi, ular bool toifasiga kiradi.
Butun qiymat qabul qiluvchi o’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun int, short int, long int xizmatchi so’zlaridan foydalanish mumkin. Butun qiymatli toifalarning barchasi 1.1-jadvalda keltirilgan:
1.1-jadval
Butun toifa shakllari


Toifa ko’rinishi

Mazkur toifadagi o’zgaruvchining qabul qiladigan qiymatlar oralig’i

O’zgaruvchining kompyuter xotirasidan
egallaydigan joyi

short int

signed: -32768 ... 32767
unsigned: 0 ... 65535

2 bayt

int

signed: -2147483648 ...
2147483647
unsigned: 0 ... 4294967295

4 bayt

long int

signed: -2147483648 ...
2147483647
unsigned: 0 ... 4294967295

4 bayt

Bu sanab o„tilgan toifalar o’zlarining qiymatlar qabul qilish oralig’i va xotiradan egallagan joyining katta yoki kichikligi bilan farqlanadi. Shuning uchun, o’zgaruvchilarning qabul qiladigan qiymatlarini katta yoki kichikligiga qarab, yuqoridagi toifalardan mosini tanlash maqsadga muvofiqdir.


Toifalar uchun xotira hajmining ajratilishi kompyuter konfiguratsiyasiga va kompilyatorga bog„liq bo’ladi. Ixtiyoriy bir toifaning xotirada egallaydigan hajmini bilish mumkin. Buning uchun sizeof() funksiyasini ishlatish mumkin.
#include using namespace std; int main()
{
cout<
}
Bu yerda natija baytlarda chiqadi, ya’ni 4. Funksiyaga kirish parametri sifatida toifa nomi beriladi.
Butun toifaning quyidagicha ko’rinishlari mavjud.

Short short int
signed short signed short int unsigned short unsigned short int int
signed int
unsigned unsigned int long
long int signed long signed long int unsigned long
unsigned long int

Berilgan m va n butun sonlari ustida quyidagi arifmetik amallar bajarish dasturini ko„rib chiqaylik: mn, m-n, m*n.
#include using namespace std; int main()
{ int m,n; cin>>m>>n; int k1=m+n; int k2=m-n; int k3=m*n;
cout<
}



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin