Topshiriq variantlariga o‟xshash bitta misolning algoritmi va to‟liq dasturini ko‟rib chiqaylik.
Misol: berilgan binar daraxtdan ko‟rsatilgan key kalitga mos tugunni o‟chirish dasturini tuzing.
Algoritm
Asosiy dastur tanasi - int main() i=0; n – daraxtga kiritiladigan elementlar sonini aniqlash. Daraxt ildizi ko‟rsatkichi tree=NULL. Next yangi elementni joylashtiradigan shoxga o‟tishda ishlatiladi va last next dan 1 qadam orqada yuradi.
Agar ibo‟lsa, daraxtga kiritiladigan navbatdagi elementga qiymat kiritish va uni yangi p element info maydoniga yozish, left va right maydonlarga NULL yozish. Aks holda 8-qadamga o‟tish.
Agar tree=NULL bo‟lsa, pni daraxt ildizi qilish, ya’ni tree=pva
next=last=p.
Agar p->info next->info dan kichik bo‟lsa, chap shoxga o‟tish kerak, ya’ni last=nextva next=next->left, aks holda o‟ng shoxga o‟tamiz, ya’ni last=next va next=next->right.
Agar next=NULL bo‟lsa, 6-qadamga o‟tish, aks holda 4-qadamga o‟tish.
Agar p->infoinfo bo‟lsa, last->left=p, aks holda last->right=p.
i++, 2-qadamga o‟tish.
intrave(tree) funksiyasini ishlatish.
Key kalitga mos elementni daraxtdan o‟chiradigan del(tree,key)
funksiyasini ishlatish.
Natijaviy daraxtni ko‟rikdan o‟tkazish uchun intrave(tree) funksiyasini ishlatish va algoritmni yakunlash.