O’zbekiston respublikasi aloqa


Axborotni nosimmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari



Yüklə 492,06 Kb.
səhifə15/31
tarix25.09.2023
ölçüsü492,06 Kb.
#148429
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Axborot xavfsizligi

Axborotni nosimmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari


Asimmetrik kriptotizimlarda axborotni shifrlashda va rasshifrovka qilishda turli kalitlardan foydalaniladi:



  • ochiq kalit K axborotni shifrlashda ishlatiladi, maxfiy kalit k dan hisoblab chiqariladi;

  • maxfiy kalit k , uning jufti bo’lgan ochiq kalit yordamida shifrlangan axborotni rasshifrovka qilishda ishlatiladi.

Maxfiy va ochiq kalitlar juft-juft generatsiyalanadi. Maxfiy kalit egasida qolishi va uni ruxsatsiz foydalanishdan ishonchli ximoyalash zarur (simmetrik algoritmdagi shifrlash kalitiga o’xshab). Ochiq kalitning nusxalari maxfiy kalit egasi axborot almashinadigan kriptografik tarmoq abonentlarining har birida bo’lishi shart.

Asimmetrik kriptotizimda shifrlangan axborotni uzatish quyidagicha amalga oshiriladi:

    1. Tayyorgarlik bosqichi:

    • abonent V juft kalitni generatsiyalaydi: maxfiy kalit kV va ochiq kalit KV;

    • ochiq kalit KV abonent A ga va qolgan abonentlarga jo’natiladi.

    1. A va V abonentlar o’rtasida axborot almashish:

    • abonent A abonent Vning ochiq kaliti KV yordamida axborotni shifrlaydi va shifrmatnni abonent Vga jo’natadi;

    • abonent V o’zining maxfiy kaliti kV yordamida axborotni rasshifrovka qiladi. Hech kim (shu jumladan abonent A ham) ushbu axborotni rasshifrovka qilaolmaydi, chunki abonent Vning mahfiy kaliti unda yo’q.

Asimmetrik kriptotizimda axborotni ximoyalash axborot qabul qiluvchi kaliti kV ning mahfiyligiga asoslangan.
Asimmetrik kriptotizimlarning asosiy hususiyatlari quyidagilar:

  1. Ochiq kalitni va shifr matnni himoyalangan kanal orqali jo’natish mumkin, ya’ni niyati buzuq odamga ular ma’lum bo’lishi mumkin.

  2. SHifrlash YeV : M ► C va rasshifrovka qilish DB: S ► M algoritmlari ochiq.

Shifrlash standartlari. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi O’zbekistonning axborotni shifrlash standarti. Ushbu "Ma’lumotlarni shifrlash
algoritmi" standarti O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan ishlab chiqilgan va unda O’zbekiston Respublikasining "Elektron raqamli imzo xususida"gi va "Elektron xujjat almashinuvi xususida"gi qonunlarining me’yorlari amalga oshirilgan.
Ushbu standart — kriptografik algoritm, elektron ma’lumotlarni himoyalashga mo’ljallangan. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi simmetrik blokli shifr bo’lib, axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun ishlatiladi. Algoritm 128 yoki 256 bit uzunligidagi ma’lumotlarni shifrlashda va rasshifrovka qilishda 128, 256, 512 bitli kalitlardan foydalanishi mumkin.

Yüklə 492,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin