2-rasm Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o’g’irlash yoki nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi,
foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar yetkazmokchi bo’lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, ya’ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan xolda moddiy jismda qayd etilgan axborot ximoyalanishi kerak.
Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo’yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o’g’irlik yoki axborotni oshkorqilish, deyiladi;
konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;
yaxlitlik — axborot boshlang’ich ko’rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o’zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotnisoxtalashtirish deyiladi;
autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs xaqiqatan xam axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabarmuallifinisoxtalashtirish deyiladi;