Konvergensiya holatiga o'tish sabablari
Konvergensiya xolatiga o'tishga quyidagilar asosiy sabab bo'lishi mumkin:
-oxirgi 30 yilda jaxon telekommunikatsiya sektori uchun xarakterli bo'lgan chuqur o'zgarishlar;
-telekommunikatsiya va texnologik trendlarda moslashtirish prinsiplarini o'zgartirish;
-elektr aloqaning liberallashuvi;
-jaxon iqtisodining globallashuvi;
-raqobatbardoshlik muhitining yuzaga kelishi;
-dasturiy ta'minot masalalari;
-yangi xizmatlarning yuzaga kelishi va hakozolar.
Bunday holatlarni bartaraf qilish uchun konvergenciya holatiga o'tish talab qilinadi.
Tarmoqda konvergensiya jarayoni, tarmoq operatorlarining talablariga mos holda amalga oshadi. Bu asosan ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish, ishlab chiqarishni kuchaytirish, mijozlarning xizmat turlariga va uning sifatiga bo'lgan talablarini yaxshilash bilan bog'liq. Axborot va telekommunikatsiya infratuzilmasining xarajatlarini kamaytirishga quyidagilar kiradi:
-yangi tizimda umumiy yagona infratuzilmani yaratish;
-tarmoq ortiqchaligini kamaytirish;
-magistral tarmoq to'lovlarini kamaytirish;
-tarmoqning standart komponent va serverlarini qo'llashga asoslangan mustahkam moslashuvchanlik.
Ishlab chiqarishni kuchaytirish quyidagilar bilan aniqlanadi:
-xizmatlar konvergensiyasi, tizimlar integratsiyasi va ularni qo'llashning soddaligi;
-yangi intelektual asboblar bazasi asosida aloqa tizimlarining samaradorligini oshirish.
Mijozlar bilan ishlashni takomillashtirish quyidagilar bilan bog'liq:
-yangi multimedia xizmatlari va ilovalar;
-kompyuterlarni tizimli rivojlantirish.
Umumiy qilib aytadigan bo'lsak, xizmat turlarini birlashtirish va turli tarmoq infratuzilmalarini yagona ko'rinishga olib kelish. Yaratilayotgan har bir xizmatlarni telekommunikatsiyaning har bir sektoriga, masalan, biznes, tashkilot va foydalanuvchilar qatlamiga yetkazib berish hamda yagona platformaga o'tish va xizmatlarni sifatli taqdim etishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |