4.NGN texnologiyasi.
NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya'ni NGN tarmoq) universal tarmoq hisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ixtiyoriy turdagi malumotlarni (tovush, video, rasm, televizion kadr va boshqalar) sifatli, yo'qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog'i turli xil ma'lumotlar trakti uchun kerak bo'ladigan barcha xizmatlarni ta'minlash imkoniyatiga egadir, ya'ni (QoS-Quality of Service) xizmat ko'rsatish sifati yuqori ko'rsatgichga egadir. Nazariy jihatdan o'ylab qaralganda NGN tarmog i ayni paytda foydalanib kelinayotgan umumfoydalanuvchi telefon tarmog'i (UFTT-PSTN), ma'lumotlar uzatish tarmog'i (MUT), elektr aloqa tarmog'ini (EAT) mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog'idir.
NGN tarmog'ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi xizmatlar turini joriy qilishdir. Ularga quyidagilarni misol qilish mumkin:
-Telefon aloqasi xizmati (mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqasi);
Ma'lumotlar uzatish xizmati (ajratilgan ma'lumot uzatish kanali, malumotlarni uzatuvchi virtual xususiy tarmoqlar);
Telematika xizmati (“elektron pochta”, “ovozli pochta”, “IP telefoniya”, “audiokonferentsiya”, “videokonferentsiya”);
Harakatdagi elektr aloqa xizmati;
Provayder xizmati (“elektron supermarket”, “masofadan o'qitish” ).
Bu holda NGN tarmog'i har xil turdagi aloqa vositalari, ya'ni analog telefon apparati, faksimil' apparati, IP-telefoniya terminali, mobil aloqa vositalari, raqamli tarmoq qurulmalari va boshqa tur aloqa komponentlarini qo'llab-quvvatlaydi. NGN tarmog'ining yutug'i xizmat turlarining (juda ko'p) mavjudligidadir. NGN tarmog'ini qo'llashning qiyin masalalari uni boshqarish va xavfsizlik masalasidir.
NGN tarmog`ining arxitekturik modeli:
Dostları ilə paylaş: |