O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə1/4
tarix06.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#108607
  1   2   3   4
3-Amaliy ish Komp,tash,etish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI

KI-13-20 (S) GURUH TALABASINING


KOMPYUTERNI TASHKIL ETILISHI
FANIDAN

3-AMALIY ISHI
Bajardi: Husanov.B


Qabul qildi: Rustamov.Sh
Qarshi 2023

3-amaliy ish: Xotira turlari va xususiyatlari.





Reja

  1. Amaliy mashg`ulot uchun kerakli jihozlar

  2. Nazariy ma`lumotlar

    • Xotiraning ierarxik tuzilishi

    • Tezkor xotira qurilmalarini loyihalash.

  3. Amaliy qism

  4. Amaliy topshiriqlar

  5. Foydalanilgan adabiyotlar



Kerakli jihozlar. Kompyuter, tizimli bolk, tizimli plata,tezkor kotira modullari, HDD disk, SSD disk, videokarta, audiokarta, VGA shinasi, RJ45-kabellari proektor, emu8086 dasturi, UMK80 virtual protsessori, printer, skaner, ADSP virtual protsessori, AIDA64 dasturi, Electronics workbench.


Nazariy qism


Xotiraning ierarxik tuzilishi
Kompyuter tizimi markaziy protsessor (CPU), xotira (RAM va ROM), kiritish/ chiqarish qurilmalaridan (I/O) iborat.(4.1-rasm)
Kompyuter xotirasi - bu ma’lum vaqt davomida hisoblashda foydalaniladigan ma’lumotlarni saqlash uchun fizik qurilma yoki vosita.


4.1-rasm. Kompyuterning umumiy xotira tizimi.


Katta hajmdagi ma’lumotlami saqlash muammosini hal qilishning ananaviy yo‘li, xotirani iyerarxik ko‘rinishda tashkil etish bilan amalga oshiriladi (4.2-rasm).
Protsessorning ichki registrlari iyerarxiyaning eng yuqori qismida joylashgan.

Ularga murojaat qilish tezligi, boshqa xil xotiralarga nisbatan ancha yuqoridir. Keyingi qatorda hozirgi paytda hajmi 32 Kbaytdan bir necha megabaytgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan kesh-xotira joylashgan. Iyerarxiyaning uchinchi pog‘onasida, hajmi bir necha o‘n gigabaytlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy xotira joylashgan. Keyingi qatorlarda magnitli disklar va lentalar hamda optik disklar asosida yordamida ishlaydigan xotira qurilmalari joylashgan.

4.2.Xotirani besh sathli tashkil etilishi


Iyerarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni o‘zgarib borishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan - xotiraga murojaat qilish vaqti kattalashib boradi. Registrlarda bu vaqt - bir necha nanasekundni, kesh-xotirada bundan salgina ko‘proqni, asosiy xotirada esa bir necha o‘n nanosekundlarni tashkil qiladi. Keyingi qatorlardagi farqlar yana ham kattalashadi - disklarga murojaat qilish vaqti kamida 10 mks larga, optik disklar va magnit lentalarda esa bundan ham katta qiymatlarga ega bo‘ladi hamda sekundlarda o‘lchanadi. Ikkinchidan xotira hajmi o‘sib boradi, bu haqida yuqorida aytib o‘tildi. Uchinchidan ma’lum qiymatga (masalan - 1 dollarga) to‘g‘ri keladigan xotira hajmi ham, oshib boradi.


4.3-rasm. Xotira ierarxiyasining turli elementlariga kirish uchun taktlar soni.


Kirish vaqti ierarxiyaning yuqoridan quyi darajasiga qarab ortib boradi.


Ierarxiyaning yuqorisidan pastga qarab harakatlanganda (xotiraning) 3 ta parametrlar o`zgaradi. Birinchidan:

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin