O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI
FILIALI
KI-13-20 (S) GURUH TALABASINING
KOMPYUTERNI TASHKIL ETILISHI
FANIDAN
3-AMALIY ISHI
Bajardi: Husanov.B
Qabul qildi: Rustamov.Sh
Qarshi 2023
3-amaliy ish: Xotira turlari va xususiyatlari.
Reja
Amaliy mashg`ulot uchun kerakli jihozlar
Nazariy ma`lumotlar
Xotiraning ierarxik tuzilishi
Tezkor xotira qurilmalarini loyihalash.
Amaliy qism
Amaliy topshiriqlar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kerakli jihozlar. Kompyuter, tizimli bolk, tizimli plata,tezkor kotira modullari, HDD disk, SSD disk, videokarta, audiokarta, VGA shinasi, RJ45-kabellari proektor, emu8086 dasturi, UMK80 virtual protsessori, printer, skaner, ADSP virtual protsessori, AIDA64 dasturi, Electronics workbench.
Xotiraning ierarxik tuzilishi
Kompyuter tizimi markaziy protsessor (CPU), xotira (RAM va ROM), kiritish/ chiqarish qurilmalaridan (I/O) iborat.(4.1-rasm)
Kompyuter xotirasi - bu ma’lum vaqt davomida hisoblashda foydalaniladigan ma’lumotlarni saqlash uchun fizik qurilma yoki vosita.
4.1-rasm. Kompyuterning umumiy xotira tizimi.
Katta hajmdagi ma’lumotlami saqlash muammosini hal qilishning ananaviy yo‘li, xotirani
iyerarxik ko‘rinishda tashkil etish bilan amalga oshiriladi (4.2-rasm).
Protsessorning ichki registrlari iyerarxiyaning eng yuqori qismida joylashgan.
Iyerarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni o‘zgarib borishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan - xotiraga murojaat qilish vaqti kattalashib boradi. Registrlarda bu vaqt - bir necha nanasekundni, kesh-xotirada bundan salgina ko‘proqni, asosiy xotirada esa bir necha o‘n nanosekundlarni tashkil qiladi. Keyingi qatorlardagi farqlar yana ham kattalashadi - disklarga murojaat qilish vaqti kamida 10 mks larga, optik disklar va magnit lentalarda esa bundan ham katta qiymatlarga ega bo‘ladi hamda sekundlarda o‘lchanadi. Ikkinchidan xotira hajmi o‘sib boradi, bu haqida yuqorida aytib o‘tildi. Uchinchidan ma’lum qiymatga (masalan - 1 dollarga) to‘g‘ri keladigan xotira hajmi ham, oshib boradi.
4.3-rasm. Xotira ierarxiyasining turli elementlariga kirish uchun taktlar soni.
Kirish vaqti ierarxiyaning yuqoridan quyi darajasiga qarab ortib boradi.