1.8-rasm. Interval ko‘rinishidagi funksiya qiymatini hisoblash blok-sxemasi
Ko‘pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmning
ikki tarmog‘idan biri, ya’ni «rost» yoki «yolg‘on»ning bajarilishi etarli bo‘ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida qisqartirilgan strukturasi deb atash mumkin. Qisqartirilgan struktura blok-sxemasi quyidagi ko‘rinishga ega (1.9-rasm).
1.9-rasm. Qisqartirilgan strukturaning umumiy ko‘rinishi
2-misol. Berilgan x, u, z sonlari ichidan eng kattasini aniqlang. Ushbu masalaga mos matematik modelni quyidagicha tasvirlash mumkin:
p max{x, y,z}.
Berilgan x, y, z sonlardan eng kattasi p deb belgilangan. So‘zlar orqali ifodalangan algoritm asosida masala echimini quydagicha tasvirlash mumkin:
1) kiritish (x, y, z);
2) agar ( x > u ) bo‘lsa, u holda p = x, aks holda p = u; 3) agar (r < z ) bo‘lsa, u holda p = z;
4) muhrlash (r).
Keltirilgan algoritmga mos blok-sxema 1.10-rasmda tasvirlangan.
Bu algoritmda, avva, x va y o‘zaro solishtiriladi, katta qiymatligi ega r ga yuklanadi. So‘ngra x va y larning kattasi deb aniqlangan r va z o‘zaro solishtiriladi. Agar r < z sharti bajarilsa, u holda eng katta qiymat p= z deb olinadi, aks holda boshqarish navbatdagi amalga uzatiladi. Natijada p da uchta qiymatdan eng kattasi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |