O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix11.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#78947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Android Studio 
Android Studio JetBrains ning IntelliJ IDEA dasturiy loyihasi bo’lib, Google 
ning Android operatsion tizimi uchun dasturiy taminot yaratish uchun 
mo’ljallangan rasmiy IDE (Integrated Development Environment) si hisoblanadi. 
Ushbu dasturlash muhiti macOs, Windows va Linux operatsion tizimlari uchun 
mo’ljallangan versiyalari mavjud. Android uchun avvalgi nativ dasturiy muhit 
Eclipse Android Development Tools (ADT) o’rnini xozirgi kunga kelib aynan 
Android Studio egallagan. 
Android Studio 2013-yil, 16-mayda Google I/O konferensiyasida e`lon 
qilingan. Eng birinchi versiyasi 0.1 dan boshlangan va 2014-yil iyunda 0.8-beta 
versiyasi chiqarilgan. Muqobil 1.0 versiyasi 2014-yil dekabr oyida taqdim 
qilingan. 
Xususiyatlari 
• Gradle-based qurishni qo’llab-quvvatlash 
• Android-maxsus kodni refaktrolash va tuzatish 
• Lint-tools unumdorlikni oshirish, barqarorlashtirish, versiyalar nazorati va 
boshqa muammolarni yechish 
• ProGuard integratsiyasi va ilovani (app-signing) identifikatsiya qilish 
• Template-based umumiy Android dizaynlarni va komponentlarni yaratish 
• Drag and drop orqali komponentlarni boshqarish imkoniga ega bo’lgan va 
ko’p ekranlarda ilovaning ko’rinishini ko’rish qobiliyatiga ega layout 
tahrirlovchi.
• Android Wear uchun ilovalarni yaratishni qo’llab-quvvatlash 


• Google Could Platform uchun qurishni qo’llab-quvvatlash, Firebase Could 
Messaging va Google App Engine larni integratsiya qilish imkoniyati 
• Android Virtual Device (AVD Emulator) ilovalarni virtual debug qilish 
Android Studio IntelliJ ning deyarli barcha dasturlash tillarida ishlay oladi. 
Masalan, Java, C++ va boshqa kengaytirilgan tillar, Go kabilar. Android 
ning 3.0 versiyasidan boshlab Kotlin dasturlash tili kiritildi. Shuningdek, 
Java 7, Java 8 va Java 9 ning bazi xususiyatlaridan foydalanadi.
Java  
Java dasturlash tili yuqori darajali obyektga yo’naltirilgan til bo’lib, asosini 
klasslar tashkil etadi. Ba’zan uni klasslar tili deb ham atashadi. Dasturchilar 
orasida “bir marta yoz, hamma joyda ishga tushir (write once, run anywhere - 
WORA)” iborasi mavjud. Chunki, Javada yozilgan kod barcha qurilmalarda va 
platformalarda ishlay oladi. Odatda, Java kodlarini Java Virtual Mashina (JVM) 
baytkodga aylantiradi va ishga tushiradi. Java dasturlash tilining sintaksisi C va 
C++ dasturlash tillariga juda o’xshashdir. 2018-yildan boshlab Java GitHub 
platformasida eng ko’p foydalaniladigan tillardan biri hisoblanadi. Xususan, client-
server web ilovalarda 9 milliondan ortiq dasturchilar aynan Java dasturlash tilidan 
foydalanadi. 
Java James Gosling tomonidan Sun Microsystems (hozirda Oracle) 
kompaniyasida yaratilgan. 1995-yilda ilk relizi Sun Microsystems ning 
komponenti sifatida Java Platform nomi bilan taqdim qilingan.
Eng oxirgi Java SE 12 versiyasi 2019-yil mart oyida chiqarildi.
Yaratilish prinsplari: 


1. U sodda, qulay va obyetga yo’naltirilgan bo’lishi kerak 
2. U mustahkam va xafsiz bo’lishi kerak 
3. U betaraf yani arxitektura yoki qurilma saylamasligi kerak 
4. U yuqori samaradorlik ega bo’lgan holda ishlashi kerak 
5. U interpretatsiyalangan, oqimlarni bilan ishlovchi va dinamik bo’lishi 
kerak. 
Nashrlari (Editions): 
1. Java Card - smart kartalar uchun 
2. Java Platform, Micro Edition (Java ME) – cheklangan resursli muhitlar 
uchun 
3. Java Platform, Standart Edition (Java SE) – ishchi muhitlari uchun 
4. Java Platform, Enterprise Edition (Java EE) – keng distributivli korxona 
yoki internet muhitlari uchun 
Sintaksisi (“Salom Dunyo” misolida): 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin