O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Bir razryadli ketma-ket to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/3
tarix31.01.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#81851
1   2   3
2. Bir razryadli ketma-ket to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar
Ma’lumki, zamonaviy EHMlarda ikkilik sonlarni fizik ifodalashda potensial ko'rinishdagi signallardan foydalaniladi. Bunday signallar aloqa kanallari orqali ketma-ket yoki parallel uzatilishi mumkin. Quyidagi diagrammalarda ikkilik kodlarni ketma-ket (a) va parallel (v) uzatish usullari ifodalangan.


Ikkilik kodni ketma-ket uzatish usuli uchun bitta aloqa simi etarlidir. Bu simdan signallar sinxron ravishda bir xil intervalda xonama-xona(razryadlar bo'yicha) uzatiladi. Bunda signalni uzatish oralig'i:
∆S=C* ∆t; ga teng.
Bu erda: S-sim orqali signalni uzatish tezligi (taxminan yorug'lik
tezligiga teng)
∆t-signalni uzatishga ketgan vaqt.
Ikkilik kodlarni paralell uzatishda n-ga aloqa simlari kerak bo'ladi. Bu simlar orqali bir vaqtning o'zida n xonali kodlarni uzatish ta’minlanadi.
Ketma-ket ikkilik kodlarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan ketma-ket to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)ning ishlash prinsipini ko'rib chiqamiz.
Ketma-ket to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar ikkita ikkilik kodni xonama-xona qo'yish uchun xizmat qiladi. SHuning uchun ular bir xonali (razryadli) to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar deyiladi. Bir razryadli ketma-ket to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)ning o'tish jadvalini tuzamiz:

Kirish

Chiqish

Qo'shiluvchilar

Oldingi kichik razryaddan perenos Pi-1

Yig'indi

Keyingi katta razryadga pernos Pi+1

X1

X2

X3

S

Pi+1

0

0

0

0

0

0

0

1

1

0

0

1

0

1

0

0

1

1

0

1

1

0

0

1

0

1

0

1

0

1

1

1

0

0

1

1

1

1

1

1

Jadvaldagi Si va Pi+1 ifodalar uchun DNF quyidagicha ifodalanadi:


Bu kanonik formalar bo'yicha ketma-ket to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)ning sxemasini «VA» hamda «YOKI» mantiqiy elementlaridan foydalanib ko'rish mumkin



Sxemaning kirish yo'llarida x1,x2,x3 signallar bilan bir qatorda ularning invers qiymatlari ham ishlatiladi.


Ketma-ket to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)ning funksional sxemasi to'la bo'lishi uchun chiqish yo'lidagi Pi+1 signalni x3 bir takt vaqt mobaynida ushlagan holda ulash talab etiladi. Unga ko'ra bir razryadli ketma-ket to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)ning sxemasini keltiramiz:

to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator) tomonidan ikkilik kodlarni qo'shishga sarflangan vaqt quyidagicha aniqlanadi:
Tc≈n-∆t;
Bu erda n-razryadlar soni;
∆t – har bir razryadni qo'shishga ketgan vaqt.
Formuladan ko'rinib turibdiki 1 razryadli ketma-ket to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)ning asosiy kamchiligi uning tezligining past ko'rsatgichidir. Yutug'i esa, elementlar soninining kamligi va tejamkorligidir.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin