O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/3
tarix31.01.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#81851
  1   2   3

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI



Tizimlar va signallarni qayta
ishlash fanidan
7-Amaliy ish
Mavzu: Kombinatsion jamlovchi qurilmani loyihalashtirish va ish tartibini o'rganish



Bajardi:Akaboyev K.
Qabul qildi: Narkulov A.



Samarqand-2022



Mavzu: Kombinatsion jamlovchi qurilmani loyihalashtirish va ish tartibini o'rganish
Ishdan maqsad: To'liq qo'shuvchi (jamlovchi) mantiqiy elementlarni tashkil etilishi va ularning ishlash prinsipini o’rganish.

  1. Nazariy qism:

To'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar va ularning asosiy turlari.
Ikki son xonalarini jamlash amalini bajaruvchi EHM uzeli to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator) deb ataladi.
To'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)larni quyidagi belgilari bo'yicha klassifikatsiyalash mumkin:

  1. Bir xonali sonlarni jamlash usuli bo'yicha kombinatsion va to'plovchi To'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  2. Bir xonali sonlarni jamlash sxemasidagi kirish yo'llari soni bo'yicha: ikki kirish yo'lli bir xonali (yarim to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar) va uch kirish yo'lli bir xonali to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  3. Ko'p xonali sonlarni jamlash usuli bo'yicha: ketma-ket va parallel to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  4. Sanoq sistemasining asosi va qabul qilingan kodlash usuli bo'yicha: ikkilik, uchlik, o'nlik va ikkilik-o'nlik to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  5. Ko'chirish zanjirini tashkil qilish usuli bo'yicha: ketma-ket, boshdan-oyoq, bir vaqtda, guruhli, shartli ko'chirishli va ko'chirish qiymati signalini xotirada saqlovchi to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

Biz yuqorida sanab o'tgan to'liq qo'shuvchi mantiqiy element (summator)larning har biri o'zining yutuq va kamchiliklariga ega.
To'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)larni to'la tahlil etish uchun ularning har birini alohida ko'rib chiqamiz. Bugungi mashg'ulotda biz ko'p xonali sonlarni jamlash usuli bo'yicha qo'llaniladigan ketma-ket va parallel to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)larning ishlash prinsiplari hamda ularning sxemalari bilan tanishib chiqamiz.
Umuman olganda, har qanday to'liq qo'shuvchi mantiqiy element(summator)ning ishlash prinsipini tushunish uchun pozitsion sanoq sistemalarda qo'shish amalini bajarish qonuniyatlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvoffiqdir.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin