O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ TT VA KT” FAKULTETI 2– BOSQICH TT-11/21 GURUH TALABASINING ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN TAYYORLAGAN 5-Mustaqil ishi
Bajardi: Abdusalomova Y. Qabul qildi:Rustamova M.
QARSHI – 2022
1.Mustaqil manbali o`zgarmas tok zanjirini hisoblash. Elektr zanjirining kompleks uzatish funksiyani hisoblash.
2.Turli sxemalar va electron asboblarni tahlil qilish, sintezlash.
3.Elektron asboblarni zamonaviy element bazasi asosida bosma platalarda yaratish ustidagi bilimlarni amalda tatbiq etish va loyihalar tayyorlash.
1.Mustaqil manbali o`zgarmas tok zanjirini hisoblash. Elektr zanjirining kompleks uzatish funksiyani hisoblash.
1.Elektr toki. Qarshilik
2. Elektr tokining energiyasi va quvvati
3. Elektr texnikasining asosiy qonunlari. Joul-Lens qonuni.
4. Elektr uzatish liniyalari simlarida kuchlanish isrofi.
REJA:
Om qonuni. Qarshilik. Elektr toki - bu zaryad tashuvchi zarrachalarning yo‘naltirilgan tartibli harakatidir. Tok kuchi vaqt birligida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi orqali o‘tuvchi elektr (zaryad) miqdori bilan aniqlanadi : I = Q / t Tok kuchining birligi amper ( A) : 1A =1Kl /1s Tok zichligi ( A / mm2 ) J=I/S bu yerda I o‘tkazgichdagi tok kuchi; ( A) ; S o’tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasi, ( mm2 ) . Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: Zanjirning bir qismidan o‘tuvchi tok kuchi shu qismdagi U kuchlanishga to‘g‘ri proporsional va uning R qarshiligiga teskari proporsional, ya’ni: I=U/R bu yerda U voltda (V ) ; R - Om birlikda o’lchanadi. Butun zanjir uchun Om qonuni: I = E / ( R + r) tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda E elektr energiya manbasining elektr yurituvchi kuchi, (V ) ; R tashqi zanjir qarshiligi, ; r – manbaning ichki qarshiligi,
O‘tkazgichning elektr qarshiligi: R=U/I tenglama bilan ifodalanadi. Qarshilikka teskari kattalik o‘tkazuvchanlik G deb ataladi va simens birlikda (Cm) o’lchanadi. 1Cm 1/ ; G=1/R O’tkazgichning elektr qarshiligi: tenglama bilan ifodalanadi, bu yerda: solishtirma qarshilik,( mm 2 / m) ; l o‘tkazgich uzunligi, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi yuzasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Rezistorlarni ketma-ket, parallel va aralash ulash usullari.