Ishlab chiqarish funksiyalarining xarakteristikalari
Ishlab chiqarish funksiyasini o‘rganishda ayrim ishlab chiqarish omillarining samaradorligini baholash, bir xil omillarning boshqa omillar o‘rnini bosishi, texnika taraqqiyoti kabi muammolar paydo bo‘ladi (bunda ko‘p hollarda Kobba-Duglasa tipidagi ikki omilli modeldan foydalanish mumkin).
(3.16)
bu yerda K - ishlab chiqarish fondlarining hajmi;
L - mehnat sarflari;
- hisoblanadigan parametrlar.
Ishlab chiqarish funksiyasidagi omillarning samaradorligi funksiyaning har bir o‘zgaruvchi bo‘yicha birinchi tartibli hosilasi funksiyasi bilan aniqlanadi. Xususiy hosila boshqa omilning miqdori o‘zgarmas bo‘lsa, omil uchun qo‘shimcha mahsulotni ifodalaydi. Binobarin, chekli samaradorlik ishlab chiqarish fondlari uchun
, (3.17)
mehnat uchun esa quyidagicha bo‘ladi:
. (3.18)
Eyler teoremasidan foydalangan holda yalpi mahsulotni omillar «ulushiga» ajratish mumkin;
. (3.19)
va parametrlari asosiy ishlab chiqarish fondlari va mehnatga nisbatan ishlab chiqarish hajmining elastiklik koeffisienti hisoblanadi:
; (3.20)
. (3.21)
Kobba-Duglas ishlab chiqarish funksiyasida ishlab chiqarish konsentratsiyasining ta’siri parametrlar yig‘indisida aks etadi. Parametrlar yig‘indisi birga teng bo‘lsa, bu holda ishlab chiqarish konsentratsiyasi ishlab chiqarish omillarining samaradorligiga ta’sir etmaydi. Parametrlar yig‘indisi birdan katta bo‘lsa, bu ishlab chiqarish hajmi bir omilning uning miqdoriga nisbatan yaratilgan chekli samaradorlikdan ortiq bo‘lishini anglatadi. Parametrlar jami birdan kam bo‘lsa, resurslar oshishi bilan ishlab chiqarish pasayib boruvchi tezlikda o‘sib boradi.
Dostları ilə paylaş: |