Analitik bibliografik tavsif ko‘rinishi:
Hujjat qismi haqida // Manba haqidagi ma’lumot. — Eslatmalar.
Analitik bibliografik tavsif uchun namunalar:
Hasanova Sh. Qiz bola hayosi bilan go‘zal // Oila vajamiyat.—2006. 6—12- iyul. ¹ 27.- 5-b.
Vohidov E. O‘zbegim: (qasida) // Vohidov E. O‘zbegim: She’rlar.—Toshkent, 2005. 41—44-b. O‘smirlar kutubxonasi.
Gazetadan olingan hujjatga analitik tavsif berishda nashr manbasi, nashr yili, sanasi ko‘rsatiladi, jurnaldan yoki davomli nashrdan olingan hujjat uchun tavsifda nashr manbasi, nashr yili, chiqish tartib raqami va qaysi sahifalarda bosilgani aks ettiriladi. Ularning hammasi nuqta va chiziq bilan ajratiladi. Agar hujjat bir qancha sonlarda e’lon qilingan bo‘lsa, manbaning nashr yili va tartib raqami nuqta va vergul (;) bilan ajratiladi. Òo‘la asarlar to‘plamlari yoki tanlangan asarlardan olingan hujjatlarni tavsiflashda muallif bitta bo‘lsa, ikkinchi qismda manbadan oldin muallif ko‘rsatilmaydi. Aks holda ko‘rsatiladi. Òaqrizlar va referatlar berilgan hujjatlarni tavsiflashda asosiy nashr haqidagi ma’lumotdan keyin yangi qatordan „Òaqriz“ yoki „Ref.“ deb ko‘rsatiladi va unga analitik tavsif beriladi. Agar taqriz yoki referat sarlavhasiz bo‘lsa, uning sarlavhasi bibliograf tomonidan qo‘yiladi va kvadrat qavsga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |