•
Ishonchlilik
— kompilyator dasturning to’g’riligini tasdiqlaydi, shu sababli
dastur ishlashi vaqtida nosozliklar sodir bo`lish imkoni juda kam;
•
Qo’llab-quvvatlash
— notanish kod bilan ishlash osonroq, chunki siz kod
qanday obektlar bilan ishlayotganini ko’ra olasiz;
•
Uskuna ta’minoti
— statik yozish qayta foydalanishga, kodni aniq-ravon
tugatishga va boshqa IDE xususiyatlari uchun imkon beradi.
Kotlinning turni avtomatik aniqay olishi sababli, koddan ortiqcha keraksiz
so’zlarining ko’pchiligi yo’qolib ketadi, chunki o’zgaruchilarni e’lon qilishga
ehtiyoj qolmaydi.
Agarda Kotlin tizimining aniqligiga e`tibor berilsa, ko’plab o’xshash
tushunchalarni ko’rish mumkin. Turlar, interfeyslar, “generic”lar Javaga o’xshash
usulda ishlaydi, shuning uchun Javaga oid bilimlar orqali Kotlinni osongina
o’rganish mumkin. Shunga qaramasdan, ba’zi narsalar yangidir. Ulardan eng
muhimi Kotlinning NullPointerException qaytarishi mumkin bo’lgan holatlarni
kompilyatsiya vaqtida aniqlab, nullable turlar yordamida ishonchliroq dasturlarni
yozishga imkon beradi.
Kotlin tili, shu jumladan kompilyator, kutubxonalar va barcha tegishli vositalar
butunlay ochiq kodli va har qanday maqsadda foydalanish uchun bepul. Bu Apache
2 litsenziyasiga ega va GitHub da ochiq bo’lib, barcha dasturchilar o’z hissalarini
qo’shishlari mumkin. Kotlin ilovalarini ishlab chiqish uchun 3ta ochiq kodli IDE ni
tanlash mumkin: 1. IntelliJ IDEA Community Edition ( va IntelliJ IDEA Ultimate),
2. Android Studio, 3 Eclipse.
Dostları ilə paylaş: