O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanshtirish vazirligi



Yüklə 68,72 Kb.
səhifə13/17
tarix13.12.2023
ölçüsü68,72 Kb.
#175249
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi-fayllar.org

2.2 Sinflarda vorislik
Vorislik g‘oyasi obyektlar xulq-atvorini modifikatsiyalash muammosini hal qiladi hamda OMD ga favqulotda kuch va moslashuvchanlik baxsh etadi. Vorislik, deyarli hech qanday cheklanishlarsiz, siz yoki boshqa biron kimsa tomonidan yaratilgan sinflarni izchil qurish va kengaytirish imkonini beradi. Eng oddiy sinflardan boshlab, murakkablik jihatidan asta-sekin ortib boradigan, ammo sozlanishi ham oson, ichki tuzilishi ham oddiy bo‘lgan hosila sinflarni yaratish mumkin. Ayniqsa yirik dasturiy loyihalarni ishlab chiqishda vorislik tamoyilini hayotga izchil tatbiq etish pasayib boruvchi tuzilmaviy dasturlash (umumiydan juz’iyga) texnikasi bilan yaxshi moslashadi hamda ko‘p o‘rinda bunday yondoshuvni rag‘batlantiradi. Bunda dastur kodining murakkabligi ancha kamayadi. Hosila sinf (avlod) o‘z bazaviy sinfining (otasining) hamda sinflar tabaqalanishidagi o‘zining barcha ajdodlarining hamma xususiyatlari, metodlari va voqealarini voris qilib oladi.
Vorislik paytida bazaviy sinf yangi atributlar va operatsiyalar hisobiga yanada o‘sadi. Hosila sinfda odatda yangi ma’lumotlar a’zolari, xususiyatlar va metodlar paydo bo‘ladi. Obyektlar bilan ishlashda dasturchi odatda aniq masalani hal qilish uchun eng to‘g‘ri keladigan sinfni tanlaydi, hamda undan bitta yoki bir nechta voris avlod yaratadiki, ular o‘z otalarida mavjud imkoniyatlardan ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladilar. Do‘stona funksiyalar hosila sinfga barcha tashqi sinflar ma’lumotlari a’zolariga kirish huquqini olish imkonini beradilar.
Bundan tashqari, voris qilib olinayotgan metodlardan, ularning bazaviy sinfdagi ishi avlodga to‘g‘ri kelmasa, hosila sinf ortiqcha yuklanishi mumkin. OMD da ortiqcha yuklanishdan foydalanish har qanaqasiga rag‘batlantiriladi, garchi bu so‘zning to‘g‘ri ma’nosidan kelib chiqqanda, odatda ortiqcha yuklanishlar tavsiya qilinmaydi. Agar metod bittadan ortiq bir nomdagi funksiya bilan assotsiyatsiyalansa, u ortiqcha yuklangan deb aytiladi. E’tibor bering, sinflar tabaqalanishida ortiqcha yuklatilgan metodlarni chaqirib olib mexanizmi qayta aniqlangan funksiyalarni chaqirib olishdan mutlaqo farq qiladi. Ortiqcha yuklanish va qayta aniqlanish – bu turli tushunchalar. Virtual metodlar bazaviy sinf funksiyalarini qayta aniqlash uchun qo‘llanadi.

Yüklə 68,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin