dasturlash imkoniyati mavjud. 1991- yilda Visual BASIC ning I versiyasidan boshlab bu til to‘laligicha obyektga yo‘naltirildi (1997- yil).
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan yana biri 1995- yilda Jeyms Gosling boshchiligida Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan JAVA tilidir. Uni ishlab chiqishda maxsus o‘rganish talab qilmaydigan, sodda tilni maqsad qilingan.
JAVA tili maksimal darajada C ++ tiliga o‘xshash bo‘lishi uchun yaratilgan. JAVA Internet uchun dasturlar tayyorlashning ideal vositasidir. So‘ngi yillarda Microsoft kompaniyasi tomonidan C++ davomchisi sifatida C # (Ci sharp) tili yaratildi.
1985- yilda Bell Labs (AQSh) laboratoriyasi C++ dasturlash tili yaratilganligini xabarini berdi. Bugungi kunda bu til obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari orasida mashhurdir. Bu til yordamida istalgan mashina uchun – shaxsiydan to superkompyuterlargacha dasturlar yozish mumkin. Bu tilning asoschisi Born Straustrupdir.