O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali pochta aloqalari texnalogiyasi fakulteti



Yüklə 51,1 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü51,1 Kb.
#186969
1   2   3
DJUMANIYOZOV UKTAM Mustaqil ishi

Algoritm va ularning turlari.

Inson hayoti davomida katta-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo'lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o'zlashtirgan bilimiga asos- lanib ma'lum bir tartibga keltiradi. Bunga hayotimizdan xilma- xil misollar keltirish mumkin. Demak, algoritm deganda, biror maqsadga erishishga qaratilgan ijrochi bajarishi uchun mo'ljallangan ko‘rsatma (buyruq)laming aniq, tushunarli va chekli ketma-ketligi tushuniladi. Bu algoritm tushunchasining matematik ta'rifi bo’lmasa ham intuitiv ma'noda algoritmning mazmunini ochib beruvchi tavsifidir.
Algoritmni tasvirlashni turlicha usullari mavjud. Odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz. Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
3. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi.
4. Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson. Men ushbu kurs ishimda algortimni asosan blok-sxemalar orqali ifodalaganman.
Algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- chiziqli algoritmlar;
- tarmoqlanuvchi algoritmlar;
- takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar;
- ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar;
- rekurrent algoritmlar;
- takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar;
- ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga - chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy strukturasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
Kiritiladigan qiymat
1-amal
2-amal
n-amal
Chop qilish
Tamom
Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi struktura berilgan shartning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.
P - shart
+ -
A-amal
B-amal
Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, P - berilgan shart. Agar shart bajarilsa, "ha" tarmoq bo‘yicha A - amal, shart bajarilmasa "yo‘q" tarmoq bo‘yicha B - amal bajariladi.
Ko‘pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmlarning ikkita tarmog‘idan bittasining, ya’ni yoki «ha» yoki «yo‘q» ning bajarilishi yetarli bo‘ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida aylanish strukturasi deb atash mumkin. Aylanish strukturasi quyidagi ko‘rinishga ega:
P - shart
amal
Takrorlanuvchi algoritmlar. Agar biror masalani yechish uchun tuzilgan zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bog‘liq ko‘p marta qayta bajarilsa, bunday algoritm takrorlanuvchi algoritm yoki siklik algoritmlar deyiladi. Takrorlanuvchi algoritmlarga tipik misol sifatida odatda qatorlarning yig‘indisi yoki ko‘patmasini hisoblash jarayonlarini qarash mumkin.
Bosh.
N
S=0;
i = 1,. N
S=S+i;
S
Tamom

Yüklə 51,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin