О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Xavfsizlik siyosati bayonoti. 
Tashkilotning xavfsizlik siyosatining 
muvaffaqqiyatli bayonoti aniq va qisqa bo’lishi kerak. Siyosat bayonoti bu – 
tashkilot siyosatini chuqur tarkibini belgilaydigan reja bo’lib, u har bir siyosat 
loyihasida vaziyatning keskinlashgan davrida tashkilotning harakat yo’nalishini 
belgilash uchun amaliy tarzda bo’lishi shart. Siyosat bayonoti xodimlarga 
profilaktika choralarini tushunishga yordam beradi. Masalan, ideal xavfsizlik 
siyosati bayonotiga - “ma’lumotlardan foydalanish joiz faoliyat talabiga asoslanadi 
va subyektlar rasmiy tasdiq jarayonidan o’tishi kerak” misol keltirish mumkin. 
Yuqoridagi siyosat bayonotida xodimlar ma’lumotlardan faqat rahbariyat 
tasdiqlagandan so’ng foydalanishlari aniq ko’rsatilgan bo’lib, agar biror xodim 
xavfsizlik bayoniga rioya qilmasa, tashkilot zarur choralarni ko’rishga haqli degan 
xulosaga kelish mumkin. 
Xavfsizlik siyosatini yaratish va amalga oshirish bosqichlari
Xavfsizlik 
siyosatini samarali yaratish va amalga oshirish quyidagi bosqichlardan iborat: 
1.
Risklarni baholash: 
tashkilot o’z siyosatini ishlab chiqishdan oldin o’z 
aktivlari uchun risklarni baholashi shart bo’lib, risklarni baholash davomida risklar 
aniqlanadi va ularning kritiklik darajasi baholanadi. 
2.
Standart umumiy qoidalar: 
tashkilot o’z xavfsizlik siyosatini ishlab 
chiqishdan oldin umumiy qoidalarni o’rnatishi shart. Tushunarli bo’lgan standart 


240 
umumiy qoidalar to’plami tashkilot va uning xodimlari uchun yordamchi vosita 
bo’ladi. 
3.
Nazoratni kiritilishi:
yangi xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish yoki 
mavjudiga qo’shimcha kiritish jarayonida nazorat bo’lishi talab etilib, agar 
boshqaruvchi qonuniy sanksiyalarni qabul qilsa va tasdiqlasa, xodimlar faqat ishlab 
chiqilgan siyosatga amalga qilishadi.
Boshqaruvchisiz ixtiyoriy siyosat tartibi 
noqonuniy hisoblanadi va jiddiy muammolarga sababchi bo’ladi. 
4.
Jazolar: 
ma’lum tashkilotlarda qat’iy siyosatlar mavjud bo’lib, ularga 
amal qilinmaganda, xodimlarga nisbatan qator qarshi choralar qo’llaniladi.
5.
Yakuniy ishlanma: 
tashkilot to’liq xavfsizlik siyosati hujjatlarini 
tasdiqlashi bilan ular tashkilotdagi barchaga tarqatiladi. 
6.
Xodimlar tomonidan qabul qilinishi:
xavfsizlik siyosati tashkilot 
xodimlari tomonidan qabul qilinishi talab etilib, bunda xodimlar siyosatni batafsil 
ko’rib chiqadilar va imzolash asosida o’z roziliklarini bildiradilar. 
7.
Siyosatini joriy qilish: 
tashkilotda siyosatni amalga oshirish 
qo’shimcha joriy qilish vositalari yordamida bajariladi. 
8.
Xodimlarni o’rgatish:
xodimlarga tashkilot xavfsizlik siyosati davomli 
ravishda o’rgatilishi zarur va bu tashkilotdagi siyosatlar uzoq vaqt davomida 
foydalanilgan taqdirda ham yangi xodimlar uchun amalga oshirilishi shart. Bunda 
xodimlarni xavfsizlik siyosati bilan tanishtirib borishga muhim vazifa sifatida 
e’tibor berish talab etiladi. 
9.
Ko’rish va yangilash: 
tashkilot o’z faoliyatini uzoq vaqtdan beri amalga 
oshirayotgan bo’lsa ham, yangi texnologiyalarni kirib kelishi va yangi xavfsizlik 
muammolarini paydo bo’lishi xavfsizlik siyosatini yangilashni talab etadi. 
Xavfsizlik siyosatini yangilanmasligi himoya yaxshi amalga oshirilmasligiga 
sababchi bo’ladi va bu tashkilotga katta zarar yetkazishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin