235
-
Tarmoqni yuqori unumdorligi:
xavfsizlik siyosati to’g’ri amalga oshirilganda
va tarmoq doimiy monitoring qilinganda, ortiqcha yuklamalar mavjud
bo’lmaydi. Tarmoqda ma’lumotni uzatish tezligi ortadi va bu umumiy
samaradorlikni ortishiga olib keladi.
-
Muammolarga tezkor javob berish va harakatsiz vaqtning kamligi:
xavfsizlik
siyosatini amalga oshirilishi tarmoq muammolari kuzatilganda tezda javob
berish imkoniyatini taqdim etadi.
-
Boshqaruvdagi stress darajasini kamayishi:
xavfsizlik siyosati amalga
oshirilgan vaqtda boshqaruvchi roli kam stressga ega bo’ladi. Tashkilotda har
bir siyosatidagi vazifa biror xodimga biriktirilishi shart. Agar ushbu holat
amalga oshirilsa, tarmoqda biror nojo’ya holat kuzatilsa, boshqaruvda hyech
qanday xavotir bo’lmaydi.
-
Xarajatlarni kamayishi:
agar xodimlar siyosatga to’g’ri amal qilsalar,
tashkilotga ta’sir qiluvchi turli xalaqitlar uchun ortiqcha harajat kamayadi.
Dostları ilə paylaş: