Abstraksiya
85-rasm. Tizimni turli abstraksiya darajalaridagi holati
7.
Tizimni bir qancha qatlamlar bo’yicha qarab chiqish mumkin (odatda
uchta: ma’nosi, funksiyalari va tarkibi).
Masalan, telefon – bu o’z muhiti uchun bir
nechta vazifalarni bajarishga mo’ljallangan obyekt ma’nosini berib, qo’ng’iroqlarni
amalga oshirish, moda obyekti bo’lish, shaxsiy raqamli yordamchi bo’lishi va
boshqalar. Biroq, ushbu topshiriqlarni amalga oshirish uchun ko’plab funksiyalar
to’plamiga ega (ekranga ko’rsatish, signalni uzatish, quvvatlash, foydalanuvchi
tomonidan kiritilganlarni qidirish, zarur bo’lgan ovoz chiqarish va hak.). Va nihoyat,
ushbu funksiyalarning barchasi ushbu funksiyalarni bajarish uchun tashkil qilingan
jismoniy komponentlar orqali amalga oshiriladi.
Nima uchun ?= Ma’nosi
Nima ?= Funktsiyalari
Qanday ?= Tarkibi
86-rasm. Tizimni turli qatlamlardagi ko’rinishi
8.
Tizim berilgan semantika bilan o’zaro bog’liq bo’lgan modellar orqali
tasvirlanishi mumkin (xususiyatlar, tuzilish, holatlar, ma’lumotlar va hak.)
.
Masalan,
xususiyatlar nuqtai nazaridan telefon bir metr balandlikdan tushib ketishga chidamli
bo’lgan qurilma. Ammo, telefon ham holatini o’zgartiradi: telefon o’chirilgan va
yoqish tugmasi bosilganda yoqiladi.
229
87-rasm. Tizimning semantik bog’liq bo’lgan modellar orqali tasviri
9.
Tizimga aloqador turli ishtirokchilarga mos keladigan nuqtai nazarlar
orqali tizimni tasvirlash mumkin.
Masalan, reklama qiluvchilar, dizaynerlar,
muhandislar va hak. Bularning barchasi telefonni turlicha tasvirlaydi.
.
.
.
88-rasm. Tizimning turlicha ko’rinishi
Yuqorida bayon etilgan arxitektura prinsiplariga asoslangan amalda qator
tizimlar mavjud. Quyida ulardan ba’zilari bilan tanishib o’tiladi.
Virtual mashina.
Virtual mashina bu – oddiy kompyuter kabi ishlaydigan
kompyuter fayli (odatda obraz deb aytiladi) bo’lib, u kompyuterda yana bir
kompyuter yaratish imkoniyatini beradi. Boshqa har qanday dastur kabi, u alohida
oynada
ishlaydi.
Shunday
qilib,
foydalanuvchilar
virtual
mashinada
kompyuterlarning asosiy operasion tizimidagi kabi bir xil ish sharoitiga ega bo’ladi.
Virutal mashina tizimning qolgan qismidan ajratilgan, ya’ni uning ichidagi dastur
asosiy kompyuter tizimiga ta’sir qilishi yoki uni boshqarishi mumkin emas. Bu
boshqa operasion tizimlarni, shuningdek, beta versiyalarni sinovdan o’tkazish,
viruslarni tahlil qilish, operasion tizimlarning zaxira nusxalarini yaratish, asosiy
operasion tizimdan farq qiluvchi operasion tizim va uning dasturiy vositalarini
ishlatish uchun ideal muhit hisoblanadi.
230
Bir vaqtning o’zida bir nechta virtual mashinalar yagona fizik kompyuterda
ishlashi mumkin. Serverlar uchun bir nechta operasion tizim ularni boshqarish uchun
foydalaniladigan maxsus dasturiy ta’minot (gipervizor deb ataladi) bilan ishlaydi.
Shaxsiy kompyuterlarda esa odatda bir operasion tizimdan boshqa bir operasion
tizimni yuklash oddiy dasturiy ta’minot kabi amalga oshiriladi.
Har bir virtual mashinada CPU, xotira, qattiq disklar, tarmoq interfeysi va
boshqa qurilmalarni o’z ichiga olgan o’zining virtual qurilmalari mavjud (89-rasm).
12 TB
RAM 48 GB
CPU 10 Core
RAM
12GB
CPU
2 Core
2 TB
RAM
16GB
CPU
3Core
3 TB
RAM
18GB
CPU
4 Core
5 TB
Virtual mashina
Virtual mashina
Virtual mashina
Virtual mashina
sathi
Fizik mashina
89-rasm. Virtual mashina
Virtuallashtirishga qaratilgan dasturiy vositalarga Parallels Workstation,
Parallels Desktop for Mac, VirtualBox, Virtual Iron, Oracle VM, Virtual PC, Virtual
Server, Hyper-V, VMware Workstation, VMware Server, VMware ESXi, QEMU,
Adeos va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Narsalar Interneti (Internet of Things, IoT).
IoT – bu o’zaro bog’liq bo’lgan
unikal identifikatorga ega hisoblash qurilmalari, mexanik va raqamli mashinalar,
obyektlar, hayvonlar va odamlar tizimi bo’lib, tarmoq bo’ylab ma’lumotni uzatishda
inson-inson yoki inson-mashina aloqasini talab etmaydi (90-rasm).
|