234
-
Xavfsizlik siyosati tashkilotning barcha funksiyalarini xavfsiz tarzda amalga
oshirish orqali xavfsizlik prinsiplarining kelishilgan vazifalarini ta’minlaydi.
Xavfsizlik siyosatlari mijozlar bilan ishonchga asoslangan aloqani qurishda
axborot xavfsizligi standartlarining mosligini ta’minlaydi. Xavfsizlik siyosati
tashqi axborot tahdidlariga kompaniyaning duchor bo’lishini kamaytirishga
yordam beradi.
-
Xavfsizlik siyosati tarmoqda qanday qoidalar foydalanishi kerakligi,
konfidensial axborot qanday saqlanishi va tashkilot ma’lumotlarini oshkor
bo’lishi va majburiyatlarni kamaytirish uchun qanday shifrlash algoritmlari
kerakligini aniqlash orqali qonuniy himoyani ta’minlaydi.
-
Xavfsizlik siyosatlari tahdidlarni sodir bo’lishidan oldin ularni bashoratlash
va zaifliklarni aniqlash orqali xavfsizlik buzilishlari holatining ehtimolini
kamaytiradi.
-
U shuningdek, zaxira nusxalash va qayta tiklash amallarini joriy qilish orqali
tashkilot ma’lumotlarini yo’qolishi va chiqib ketishi xavfini minimallashtiradi.
Dostları ilə paylaş: