227
S
82-rasm. Tizimning boshqa muhitlar bilan bog’liqligi
4.
Tizim butun hayotiy sikli davomida ko’rib chiqilishi kerak.
Masalan,
mobil
telefon loyihalashtiriladi, prototiplanadi, sinovdan o’tkaziladi,
tasdiqlanadi,
ishlab chiqariladi, tarqatiladi, sotiladi, foydalaniladi, ta’mirlanadi va nihoyat qayta
ishlanadi. Ushbu bosqichlarning barchasi muhim hisoblanadi (va nafaqat
foydalanish vaqtida emas).
1
2
3
4
S(1)
S(2)
S(3)
S(4)
83-rasm. Tizimlarning umumiy hayotiy sikli
5.
Tizim boshqasiga interfeys orqali ulanishi mumkin. Bu esa ulanish
xususiyatlarini modellashtiradi.
Masalan, qo’ng’iroq qilganda qulog’imiz telefon
bilan bevosita aloqada bo’ladi
va shuning uchun, ikki tizim (quloq va telefon)
o’rtasida ulanish mavjud. Biroq, bu yerdagi yashirin interfeys bu – havo. Havoning
xususiyatlari quloq va telefon o’rtasidagi aloqaga ta’sir qilishi mumkin (masalan,
shovqin ko’p bo’lgan holda).
Interfeys
84-rasm. Tizimni boshqa tizimga interfeys orqali bog’lanishi
6.
Tizimni turli abstraksiya darajalariga ko’rib chiqish mumkin va bu
faqat tegishli xususiyatlar va xatti-harakatlarni hisobga olishga imkon beradi.
Masalan, mobil telefon qurilmasini qo’ng’iroq qiluvchi (va
boshqa zamonaviy
funksiyalar) qurilma, bir qancha material va elektron komponentlarning birgalikdagi
228
tuzilish yoki katta hajmdagi atomlarning to’plami deb hisoblaysizmi? Ushbu
ko’rinishlarning barchasi haqiqat. Biroq, ular har xil
abstraksiya darajasida va
ularning mosligi kontekstga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: