О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Internet of Things 
(IoT)
90-rasm. IoT tizimi umumiy ko’rinishi 
IoT tushunchasi bir nechta texnologiyalar, real vaqtda tahlillash, mashinaning 
o’rganishi, oddiy sensorlar va o’rnatilgan tizimlarni birlashishi tufayli kengaydi. 
O’rnatilgan tizimlarning ananaviy sohasi, simsiz sensor tarmoqlar, nazoratlash 
tizimlari, avtomatlashtirish va boshqa tizimlar birgalikda IoT ni hosil qiladi. Istemol 
bozorida IoT texnologiyasi “aqlli uylar” tushunchasiga tegishli bo’lgan mahsulotlar 
bilan ko’proq mos keladi. Masalan, qurilma yoki dasturiy vositalar uyning yoritish, 
isitish, xavfsizlik tizimini nazorat qiladi va uni smartfon qurilmalari va turli ovozli 
buyruqlar bilan osonlik bilan boshqarish mumkin bo’ladi (91-rasm). 
a) Enegriyadan 
foydalanish va mahalliy 
ob havo haqida Nest 
termostati 
b) Internetga ulangan Ring 
kompaniyasiga tegishli 
qo’ng’iroq 
c) Internetga ulangan 
August Home smart 
kaliti 
91-rasm. Aqlli uy jihozlarini ishlab chiqaruvchilar 
O’rnatilgan tizimlar (Embedded systems). 
O’rnatilgan tizimlar – bu ko’pincha 
real vaqt hisoblash cheklovlariga ega bo’lgan kattaroq mexanik yoki elektr 


232 
tizimidagi maxsus funksiyaga ega boshqaruvchi bo’lib, ular odatda apparat va 
mexanik qismlarni o’z ichiga olgan to’liq qurilmaning bir qismi sifatida o’rnatilgan 
bo’ladi. O’rnatilgan tizimlar bugungi kunda keng foydalaniladigan bir qancha 
qurilmalarni boshqarishda foydalanilib, ishlab chiqarilgan mikroprosessorlarning 98% 
o’rnatilgan tizimlar sifatida foydalaniladi (92-rasm). 
O’rnatilgan tizimlar 
(Embedded systems)
92-rasm. O’rnatilgan tizimlarga misollar 
Zamonaviy o’rnatilgan tizimlar ko’pincha mikrokontrollerlarga asoslangan 
(ya’ni, o’rnatilgan xotira va pereferik interfeysga ega mikroprosessorlar) bo’lsada, 
murakkab tizimlarda oddiy mikroprosessorlar (xotira va pereferik interfeys uchun 
tashqi qurilmalardan foydalanish) ham keng foydalanilmoqda. O’rnatilgan tizim 
aniq vazifalarga bag’ishlangani sababli, uni mahsulotning hajmi va narxini 
kamaytirish, ishonchligini va ishlashini oshirish uchun optimallashtirish imkoniyati 
mavjud. Ba’zi o’rnatilgan tizimlar ommaviy ishlab chiqilgan bo’lib, hajmni 
tejashdan foyda qiladilar.
O’rnatilgan tizimlar raqamli soatlar va MP3 pleyerlar kabi ko’chma 
qurilmalardan tortib, svetafor, dasturlashtirilgan mantiqiy boshqaruv qurilmalari 
kabi yirik statsionar qurilmalar, gibrid transport vositalari hamda tibbiy tashxislash 
tizimlarida ham foydalanilmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin