14-ma`ruza. Simsiz sensor tarmoqlar. Reja: Simsiz shaxsiy va lokal tarmoqlari ieee 802. 11 standartining oilalari



Yüklə 34,25 Kb.
səhifə1/4
tarix14.09.2023
ölçüsü34,25 Kb.
#143436
  1   2   3   4
14.Ma'ruza


14-ma`ruza. Simsiz sensor tarmoqlar.
Reja:
1. Simsiz shaxsiy va lokal tarmoqlari
2. IEEE 802.11 standartining oilalari
3. IEEE 802.11 standartida kanal satxi


Tayanch iboralar: Simsiz tarmoq, IEEE 802.11, Havo muhiti, , PAN (Personal Area Networks), Ad-Hoc, Infratuzilmali ulanish, Mijozlik nuktasi, Kuprik ulanishi.


1. Simsiz shaxsiy tarmoqlari
Simsiz tarmoqlarning asosiy vazifasi komp’yuter qurilmalari orasida bog’lanishni amalga oshirishdan iborat. Komp’yuter qurilmalariga noutbuklar, shaxsiy komp’yuterlar, serverlar va printerlar kiradi.
Simsiz tarmoqlarning quyidagi turlari mavjud:
- simsiz shaxsiy tarmoq;
- simsiz lokal tarmoq;
- simsiz regional tarmoq;
- simsiz global tarmoq.
Uzatishning katta bo`lmagan masofasi bilan ajralib turadi va katta bo`lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning uzatish tezligi odatda 1,5-2 Mb/s oshmaydi.
Simsiz shaxsiy tarmoqlarning imkoniyatlari uzatuvchi-qabul qiluvchilarning (transceiver) kam quvvat is`temol qilishi va ixchamligi maxsus protsessorlar bilan belgilanadi. Kam quvvat iste`mol qilinish simsiz shaxsiy tarmoqlarda ishlovchi mobil telefonlar, PDA lar va naushniklar uchun muhim ko`rsatgich hisoblanadi.
Simsiz shaxsiy tarmoqlar foydalanuvchiga yaqin masofada ishlaydi. SHunga qaramay, simsiz shaxsiy tarmoqlar Internetdan birgalikda foydalanish maqsadida noutbuklar va shaxsiy komp’yuterlarning o`zaro aloqasini ta`minlashi mumkin.
Ofislarning ichida, ishlab chiqarish va ma`muriy binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta`minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar, odatda, noutbuklar, shaxsiy komp’yuterlar va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta ekranli qurilmalarni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bo`la turib foydalanishi mumkin. Bu xizmatchiga o`z vazifalarini samarali bajarish imkonini beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/s gacha tezlikda barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Bajaradigan amallari bo`yicha bunday tarmoqlar Ethernet kabi an`anaviy simli lokal tarmoqlariga o`xshash.



Yüklə 34,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin