О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

RSA shifrlash algoritmi
– 1978 yili R. Rayvest, A Shamir va L.Adleman 
tomonidan taklif etilgan va asimetrik shifr tizimlarini qurishga mo’ljallangan 
shifrlash algoritmi. 
 
Shaxsiy axborot
– tarqalishi faqat mos shaxslar yoki tashkilotlar ruxsati bilan 
mumkin bo’lgan mamlakat fuqarolari yoki tashkilotlari manfaatlariga daxldor 
axborot.
Shifrlash algoritmi
- shifrlash funksiyasini amalga oshiruvchi kriptografik 
algoritm. Blokli shifrtizim holida shifrlashning muayyan rejimida shifrlashning 
bazaviy blokli algoritmidan foydalanib hosil qilinadi. 
 
Tahdid turlari
- tahdidlarni tasodifiy va atayinlariga, aktiv va passivlariga 
tasniflash mumkin.
Tarmoq xavfsizligi
- axborot tarmog’ini ruxsatsiz foydalanishdan, me’yoriy 
ishlashiga tasodifiy yoki atayin aralashishdan yoki tarmoq komponentlarini 
buzishga urinishdan ehtiyot qiluvchi choralar. Asbob-uskunalarni, dasturiy 
ta’minotni, ma’lumotlarni himoyalashni o’z ichiga oladi. 
 
Tarmoqlararo ekran
– apparat-dasturiy vositalar yordamida tarmoqdan 
foydalanishni markazlashtirish va uni nazoratlash yo’li bilan tarmoqni boshqa 
tizimlardan va tarmoqlardan keladigan xavfsizlikka tahdidlardan himoyalash usuli; 
yana - bir necha komponentlardan (masalan, tarmoqlararo ekran dasturiy ta’minoti 


299 
ishlaydigan marshrutizator yoki shlyuzdan) tashkil topgan ximoya to’sig’i 
hisoblanadi.
Tizim ma’muri
– tizimni ekspluatatsiyasiga va uning ishga layoqatlik 
holatini ta’minlashga javobgar shaxs.
Tizim xavfsizligi
- tizim resurslaridan va funksional imkoniyatlaridan 
ruxsatsiz foydalanishdan hamda ishlashida turli bashorat qilinadigan yoki 
qilinmaydigan holatlar sabab bo’luvchi, bo’lishi mumkin bo’lgan buzilishlardan 
tizimning himoyalanishi.
Virus
– boshqa dasturlar bajarilayotganida o’zini ularga kirituvchi unchalik 
katta bo’lmagan dastur; yana - nusxalarini beixtiyor yaratish va keyinchalik yangi 
nusxasini nazoratlash va qayta yaratishga erishish maqsadida fayllardagi va tizimli 
sohalardagi boshqa dasturlarni modifikatsiyalash imkoniyatiga ega dastur.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin