53
etadi. Masalan, tarmoqda ma’lumotni uzatishda va xavfsiz bo’lmagan muhitda
axborot konfidensialligini ta’minlashda simmetrik shifrlash algoritmlarining o’rniga
ochiq kalitli kriptografik tizimlardan foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, simmetrik kriptotizimlar kabi ochiq kalitli kriptotizimlardan
ham ma’lumotning yaxlitligini ta’minlashda foydalanish mumkin.
Ochiq kalitli kriptotizimlar simmetrik kriptotizimlarda mavjud bo’lgan kalitni
taqsimlash muammosini o’zida bartaraf etgan. O’z o’rnida simmetrik kriptotizimlar
ham ochiq kalitli kriptotizimlarga qaraganda samaradorligi bilan ajralib turadi.
Boshqacha aytganda, shifrlash va deshifrlash amallari ochiq kalitli shifrlash
algoritmlariga nisbatan tezroq amalga oshiriladi.
Har ikkala kriptotizimning afzalliklarini birlashtirish imkoniyati mavjudmi?
Ya’ni, ma’lumotni shifrlashda yuqori samaradorlikka ega bo’lgan va kalitlarni
taqsimlash muammosi bo’lmagan kriptotizimni yaratish mumkinmi? Albatta,
buning imkoniyati mavjud va bunday tizimlar
gibrid
kriptotizimlar deb ataladi.
Gibrid kriptotizimlarda simmetrik shifrlash algoritmining kaliti ochiq kalitni
shifrlash orqali yetkazilsa, ma’lumotning o’zi esa simmetrik shifrlash orqali
himoyalanadi. Gibrid kriptotizim sxemasi 17-rasmda aks ettirilgan.
А томон
B
томон
B
K
}
{
E(B
томон маълумоти, K)
E(A
томон маълумоти, K)
17-rasm. Gibrid kriptotizim
Dostları ilə paylaş: