О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Tizim  Dasturdagi kodlar uzunligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Tizim 
Dasturdagi kodlar uzunligi 
Netscape 
17 mil. 
Space Shuttle 
10 mil. 
Linuxkernel 2.6.0 
5 mil. 
Windows XP 
40 mil. 
Mac OS X 10.4 
86 mil. 
Boeing 777 
7 mil. 
Tahlillar natijasi har 10 000 qator kodda 5 ta bag mavjudligini ko’rsatadi. 
Boshqacha qilib aytilganda, o’rtacha 3kbayt .exe faylda 50 taga yaqin bag bo’ladi. 
Dasturiy vositalar injineriyasida dasturni kafolatli o’z maqsadini bajarishiga 
harakat qilinsa, 
xavfsiz
dasturiy vositalar injineriyasida esa o’z maqsadini bajarishi 
talab etiladi. Biroq, butunlay xavfsiz dasturiy vositani bo’lishi amalda mumkin emas. 
Dasturiy mahsulotlarda xavfsizlik muammolari. 
Dasturiy mahsulotlarda 
quyidagi zaiflikka tegishli tushunchalar mavjud. 
Nuqson. 
Dasturni amalga oshirishdagi va loyihalashdagi zaifliklarning 
barchasi nuqson hisoblanib, uning dasturiy vositalardagi mavjudligi yillar davomida 
bilinmasligi mumkin.
Bag. 
Bag dasturiy ta’minotni amalga oshirish bosqichiga tegishli bo’lgan 
muammo bo’lib, dasturiy vositalardagi baglarni oson aniqlash mumkin. Masalan, 
bagga dasturlashdagi 
buferni to’lib toshish
(Buffer overflow) holatini misol keltirish 
mumkin. 
Xotirani to’lib toshishi. 
Amalda ko’p uchraydigan dasturlash tillaridagi 
kamchiliklar odatda, taqiqlangan formatdagi yoki hajmdagi ma’lumotlar kiritilishi 
natijasida kelib chiqadi. Bu turdagi tahdidlar ichida keng tarqalgani bu – xotiraning 
to’lib toshish tahdidi hisoblanadi. 


203 
Masalan, veb saytda foydalanuvchidan ma’lumotlar kiritilishi talab etilsa 
(ismi, familiyasi, yili va hak.), foydalanuvchi tomonidan kiritilgan “ism” 
maydonidagi ma’lumot serverdagi 
𝑁𝑁
ta belgi hajmiga ega sohaga yoziladi. Agar 
kiritilgan ma’lumot uzunligi 
𝑁𝑁
dan katta bo’lgan holda, xotiraning to’lib toshishi 
hodisasi yuzaga keladi. 
Agar buzg’unchi tomonidan “kerakli” ma’lumot kiritilsa, bu o’z navbatida 
kompyuterni buzulishiga olib keladi.
Quyida S dasturlash tilida yozilgan kod keltirilgan bo’lib, agar bu kod 
kompilyasiya qilinsa, xotiraning to’lib toshishi hodisasi kelib chiqadi. 
int main() 

int buffer [10]; 
buffer [20] =37; 

Bu yerdi mavjud muammo bu - 10 bayt o’lchamli xotiraga 20 baytli ma’lumot 
yozilishida. Bu esa xotiraning ruxsat etilmagan manziliga ham murojaatni keltirib 
chiqaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin