KURSGA OLDINDAN QO‘YILADIGAN TALABLAR yo‘q KURSDAN KUTILADIGAN NATIJALAR Bakalavr “Akademik yozuv” fani bo’yicha:
- bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining og’zaki va yozma nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, uning so’z boyligidan grammatik bilimlar asosida to’g’ri foydalana bilishi, ish yuritish va rasmiy hujjatlar tayyorlashda yetaril savodxonlikka ega bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, talabalar “Akademik yozuv 1” fanidan:
- o’zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini;
- o’zbek tilining gap qurilishi;
- rasmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak.
- hujjat matnining tuzilishini;
- hujjatlarning zaruriy (rekvizit) qismlarini;
- hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi lozim ;
- o’zbek tilida sintaktik jihatdan to’gri gap tuza olishni;
- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo’lish, ish yuritish ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’llash, o’zbek tilida ish yuritish ko’nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olish, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini o’zbek tilida asosli bayon qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.
- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;
- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.
Akademik yozuv fanining boshqa fanlar bilan aloqasi Akademik yozuv 1 fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada.
Hujjatlarni o'rganuvchi ish yuritish avvalo til fani bilan bog'liq bo'lib, ish qog'ozlarining nutqi rasmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Hujjatlar tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan holda ish ko‘radi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonuniyatlariga rioya qiladi.
Hujjatlar tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Ular haqida tarixiy manbalar ma’lumotlar beradi. Hujjatlar ham tarixiy jarayonni boshidan o'tkazgan. lshlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi bilan rivojlangan, takomillashgan. Eskirib, iste'moldan chiqib ketgan ayrim hujjatlar tarix bo‘lib qoldi. Demak, tarixning bir bo'lagi sifatida kishilik jamiyati tarixida o‘z o’rnida ahamiyat kasb etadi degan xulosaga kelish to‘g‘ri bo'ladi.
Har bir hujjat huquqiy kuchga ega. Uning mazmuni, tuzilishi, tayyorlanishi jamiyatdagi qonunchilik mohiyatiga mos kelishi, huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo'lgan hujjatlardan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan ish qog‘ozlari mavjud. Ularni o‘rganish ham ish yuritish fanining maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda akademik yozuv ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi.