Internet saytlar
1..http://solver.uz/translate.php - Русско-узбекский переводчик.
2.http://sahifa.tj/uzbeksko_russkij.aspx - Узбекско-русский переводчик.
3. http://library.ziyonet.uz/ - таълим портали.
O’QUV MATERIALLAR
O’zbek tili O’zbekiston Respublikasi davlat tilidir. O’zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaro davlat tilida ifoda eta olishi kerak. Talabalar o’zbek tilida o’rta va o’rta maxsus o’quv yurtlarida olgan bilimlari asosida ma’lum bilim malaka va ko’nikmaga egalar. Oliy o’quv yurtida esa ushbu bilimlarni chuqurlashtirish vazifasi qo’yilgan.
Akademik yozuv kursi o’quv reja asosida 1 semestr davomida o’qitiladi.
Ushbu dastur o’zbek tili fani o’qituvchisidan o’ soxasini chuqur bilishni talab etadi. Chunki o’zbek tilini biluvchi o’qituvchi rusiyzabon talabalarga o’rgatiluvchi fanning o’ziga xos tomonlari to’g’ri tushuntirish mumkin. Shu bilan bir qatorda o’qituvchi rus tilini xam mukkamal bilishi shart. Bu ikki tilni taqqoslab, qiyosiy gramatikani tadbiq qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, akademik yozuv kursi o’qituvchisi o’zga til o’qitish uslub etishni ham egallagan bo’lishi kerak. Shuningdek, u har xorijiy amalyotda ma’lum bo’lgan ilg’or texnologiyalarni o’qitish jarayoniga tadbiq qila olishi kerak.
O’qitish jarayonida turli asosiy ridaktik va lingvodidoktik prinsplarga amal qilishga kotta ahamyat beriladi.
O’qituvchi keng dunyoqarashga ega bo’lishi o’z kasbining ustasi bolish, hamda iqtisodiyot va siyosat borasida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lish kerak.
O’quv jarayoniga texnologik harakatning kengaytirilgan ko’rinishini tadbiq qilish lozim.
AKADEMIK NUTQ.YOZMA VA OG’ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI. ME’YOR TUSHUNCHASI. NUTQ USLUBLARI.
NUTQ USLUBLARI
1. So’zlashuv uslubi
2. Ilmiy uslub
3. Rasmiy-idoraviy uslub
4. Ommabop (publitsistik) uslub
5. Badiiy uslub
6. Nutq madaniyati haqida
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.
O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor. So’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat.
1. So’zlashuv uslubi
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
4. Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |