O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishvazirligi


Hujjatchilik tаrixi va uning takomillashuvi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə23/51
tarix07.01.2024
ölçüsü0,59 Mb.
#205038
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Nukus filiali

Hujjatchilik tаrixi va uning takomillashuvi
Hujjatchilik tarixi
O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi.
O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga borib taqaladi.
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- asr va undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto M.Qashg'ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mug1 qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan.
Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik aloqalarga oid bo lib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga bag'ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarini olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi S.E.Malov “Памятники древнетюрской письменности” (М-Л, 1951) asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi.
Qimmatli ma’lumot beruvchi X-asr olimi Abu Abdulloh al-Xorazmiy “llmlar kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar davlatidagi soliq xillari va ularni yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining hududlarida ishlatilgan og‘ irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar ro'yxati, beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o'lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular boshqa manbalarda hozir uchramaydi.
“Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древней Хорезм» (С.П.Толстой), «Ганчи, ганчибоши в Какандском хандстве» (А.Л.Тротская) kabi manbalarning ahamiyati katta. Ma’lum bo'lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, arznoma, qarsnoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. Hozirgi kunda vaqfnoma, vasiqa, noma, arsnoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni bor, chunki unda farmon, mirzo, sulh, tamg'a hatto ariza o'rnida “arsadosh” qo'llanilgan. Shuni qayd qilish mumkinki, hozirgi kunda tilimizda tor ma’noga ega bo'lgan '"patta” so'zi XlX-asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani ma’lum.
Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib kelgan. Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 - yillar podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” (1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- sotiq, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri keladi.
Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo’llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda-guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan.
Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-yil 31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat o‘zbek tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-yilgi qabul qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin milliy tillar, xususan, o'zbek tilini cheklash, mensimaslik siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, rus tilida yuritiladigan bo'ldi.
Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Kespublikasining “Davlat tili to'g'risida” qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar o'zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida o'zgartirish va qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda boshqa tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o‘tilgan. Bu respublikada milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi.
1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o'zbek tilining lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin