Matematik formulalarning versiyalari.
Matematik formulalar yozishda Latex turli standart belgilardan tashqari formula yozishni qulaylashtirish uchun maxsus belgili buyruqlarni ham taqdim etadi. Biz odatda matn orasiga formula yozish uchun formula yozishdan oldin bitta dollar belgisi va formuladan so‘ng yana bir dollar belgisini qo‘yamiz.Aslida bu ishni \( (formula boshida) va \) (formula oxirida) buyruqlar bilan ham qilish mumkin.Matematik formula kiritishning yana bir varianti bu formulani \begin{math} va \end{math} orasida yozishdir. Shuningdek bu usul yordamida formula ichida so‘zlarni ham yozish mumkin.
Misol:
\documentclass{article}
\begin{document}
$$
\{2\times2=4\}
$$
\end{document}
Natija:
Formulalar ketma-ket yoki alohida satrda, markazda va raqam bilan kiritilishi mumkin.
Misol:
\documentclass{article}
\begin{document}
$F(x) = a\cdot x + b$
\end{document}
Natija:
Murakkab formulalar esa quyida berilgandan kiritiladi.
Misol:
\documentclass{article}
\begin{document}
\begin{equation}\label{eq:fourierrow}
f(x) = \frac{A_0}{2} + \sum \limits_{n=1}^{\infty} A_n \cos \left( \frac{2 n \pi x}{\nu} - \alpha_n \right)
\end{equation}
\end{document}
Natija:
Grek harflari agar kichik harflarda bo‘lsa kichik harflar "alpha", "beta", "gamma" kabi kiritiladi,aksincha kata bo‘lsa bo‘lsa, katta harflar \Gamma, \Delta sifatida kiritiladi.
Misol
\begin{document}
$\lambda,\xi,\pi,\mu,%
\Phi,\Omega$
\end{document}
Natija:
Yuqori va pastki indekslar << ^ >> va < < _ >belgilar bilan kiritiladi.
Misol:
$a_{1}$ \qquad $x^{2}$ \qquad
$e^{-\alpha t}$ \qquad
$a^{3}_{ij}$\\
$e^{x^2} \neq {e^x}^2$
Natija:
Kvadrat ildiz $ \ backslash $ sqrt sifatida kiritiladi, n-darajali ildiz \sqrt[n] yordamida hosil qilinadi. Ildiz belgisi hajmi LATEX tomonidan avtomatik ravishda tanlanadi. Agar faqat bitta belgi kerak bo‘lsa, \surf dan foydalanishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |