4
DАSTUR MАQSАDI
Mazkur dasturning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya
akademiyasiga kiruvchilarni “Ingliz tili” fanidan topshiriladigan test savollarini
tuzilishi va mazmuni bilan tanishtirishdir.
“Biznes ingliz tili” fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va mahoratlarga
ko‘yiladigan talablar
Oliy taʼlim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi davlat taʼlim standartiga muvofiq
ravishda “Ingliz tili” fanini topshiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarga quyidagi
talablar qo‘yilgan:
Umumiy ingliz tili (General English) bo‘yicha asosiy so‘z birikmalariga ega
bo‘lish;
Bakalavriat darajasida dasturi asosida asosiy grammatik qoidalarga ega bo‘lish;
Tekshiriladigan ko‘nikmalar:
leksik va grammatik birliklarni konteksda
to‘g‘ri qo‘llay olish; perefrazani (bir xil maʼnoning har xil leksik va grammatik
vositalar orqali berilishini) tushunish.
“Ingliz tili” fanidan test savollari leksik-grammatik yo‘nalishda bo‘lib,
quyidagi bilimlarni tekshirishga yo‘naltirilgandir:
Lingvistik bilimlar:
1)grammatik nuqtai nazardan:
• gap bo‘laklari va qismlari haqidagi printsipial tafovutlarni bilish;
• ingliz tili gaplarini asosiy ketma-ketligini bilish;
• inkor (tasdiq) gaplarni ifoda qila olishni bilish;
• gapdagi vaqtlarni, modallikni, aktiv minimumlarni bilish;
• maqsad, baho, munosabat kabilarni bildirishni hamda asosiy til va gap
formulalarini bilish.
2)
leksik nuqtai nazardan:
1000ta aktiv leksika va 600 ta mutaxassislikka doir leksikani bilish;
notanish, murakkab mazmunli ibora va so‘zlarni mustaqil ravishda tushuntira
olishni bilish;
mutaxassislikka doir kitoblar bilan ishlash, yaʼni ko‘p ishlatiladigan
frazeologizm, qisqartma va belgilar bilan ishlashni bilish.
Dostları ilə paylaş: