1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYА AKADEMIYАSI
“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi Bank-
moliya akademiyasi rektori v.v.b
E.A.Xoshimov
________________
«___»________2022-yil
«INGLIZ TILI» FАNIDАN MАGISTRАTURАGА KIRISH SINOVLАRI
DASTURI
Toshkent – 2022
2
Fan bo‘yicha magistraturaga kirish sinovlari dasturi Bank-moliya akademiyasi
Кengashining 2022-yil «____» ___________dagi ___ - sonli majlis bayonnomasi bilan
ma’qullangan.
“TAVSIYA ETILGAN»
“Biznes ingliz tili” kafedrasi majlisida
muhokama qilingan va tavsiya etilgan
Kafedra mudiri ___________ M.Sh. Ruzmetova
(kafedra majlisining “___” - sonli bayonnomasi
“____” ___________ 2022-yil)
Tuzuvchi:
M.Sh. Ruzmetova
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
“Biznes ingliz tili” kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD)
Taqrizchi:
Z.A.Pulatova
“Biznes ingliz tili” kafedrasi katta o’qituvchisi, p.f.f.d.
(PhD)
3
Kirish
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining «Taʼlim to‘g‘risida»gi qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi hamda iqtisodchi mutaxasislar tayyorlash bo‘yicha davlat standartlari
talablaridan kelib chiqib tuzilgan. Ushbu dastur Bank-moliya akademiyasi
mutaxassisliklari bo‘yicha taʼlim olmoqchi bo‘lgan talabgorlarning ingliz tili
fanidan kirish imtixonini topshirish uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xorijiy
tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib
chiqish chora-tadbirlari” qaroriga binoan xorijiy tillarni o‘rgatishni taʼlim
siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda taʼlim
sifatini tubdan oshirish, hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishini oshirish zarurligi qayd etilgan. Shu bilan birga, davlat xizmatchilari
tomonidan xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirish hamda davlat organlarini
yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan to‘ldirish muximligi ta’kidlab
o‘tilgan.
Jahon tillari orasida ingliz tili o‘ziga xos mavqega ega. Ushbu xalqaro til
dunyo miqyosida muloqot vositasiga aylangan. Ayni damda xalqaro miqyosda
barcha mintaqalarda kommunikativ tarzda til o’rgatishga e’tibor qaratilmoqda.
Vatanimizda ingliz tilini o‘rganishga alohida eʼtibor berilayotgani bejiz emas.
Shuningdek, umubashariy jarayon bizning o‘lkalarga ham yoyila boshladi. Oxirgi
o‘n yillikda chet tillarini o‘rganishga katta eʼtibor berilib, aholi orasida unga eʼtibor
kuchaymoqda. Shu bilan bir qatorda chet tillarini bilish shaxsiy hayotda va kasbiy
faoliyatni samarali amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Xususan, so’nggi
davrda ko’pchilik biznes-kelishuvlar ingliz tilida olib borilishga e’tibor
qaratilmoqda. Ingliz tilini mustaqil muloqot darajasida bilish shaxsga xalqaro
miqyosda keng imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, sayohat qilish, ish safari yoki
boshqa mamlakatlardan kelgan vakillar bilan muloqot qilish va boshqalar. Zero,
ko‘plab ilmiy adabiyotlar ingliz tilida yozilgan bo‘lib, ushbu imkoniyatlar
tinlovchilarga kasbiy malakalar bo‘yicha tilni mukammal ravishda o‘zlashtirishga
katta yordam beradi. Shuningdek, shuni taʼkidlab o‘tish kerak-ki, ilm-fan va
texnologiya soxasidagi so‘nggi va eng ilg‘or kashfiyotlar ta’lim rivojlangan
mamlakatlar universitetlarida amalga oshirilib, ularda ingliz tili ilmiy diskurs tili
hisoblanadi.
Ingliz tilini bilish muhimligini aniqlash qiyin masalalardan biridir.
Rivojlanayotgan jamiyatni chet tillarsiz tasavvur qilish qiyin. So’nggi yillarda
bitiruvchilardan bir qancha chet tillarni bilish talab qilinmoqda. Shuningdek,
mamlakatimizda barcha sohalar uchun ingliz tilini samarali o’rganish/o’qitishga
muhim e’tibor qaratilmoqda. Natijada, bo’lajak iqtisodchilar chet el
investitsiyalarini o‘z bizneslariga ko‘proq jalb qilib, ular bilan hamkorlik aloqalarini
yaxshiroq o‘rnata oladilar. Bu esa O‘zbekistonni jaxondagi mavqeini oshishiga va
iqtisodiy holatini yaxshilanishiga va iqtisodiyot sohalarni rivojiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |