O‘zbekiston respublikasi bank-moliyа akademiyаsi



Yüklə 71,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix24.12.2023
ölçüsü71,38 Kb.
#193247
1   2   3   4   5   6   7   8
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Hozirgi zamon iqtisodiyotida sug‘urta mexanizmi juda keng qo‘llanilmoqda. 
Shu sababli, yetuk sug‘urtachilarni tayyorlashda sug‘urta xizmatlaridan foydlanishni 
o‘qitish bo‘lajak sug‘urtachilarni o‘z faoliyatida uchraydigan iqtisodiy masalalarni 
hal qilishda, to‘g‘ri va asosli qarorlar qabul qilishlarida muhim ahamiyatga egadir. 
Sug‘urta munosabatlari murakkab va keng qamrovli iqtisodiy-moliyaviy-
pullik munosabatlar bo‘lib, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’iy nazar 
sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayoni hisoblanadi. Ta’kidlash 
lozimki, mazkur munosabatlar yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq omillar 
mavjudligi muhimdir. Xususan, risk omilisiz sug‘urta o‘z mohiyatini yo‘qotadi. 
Shu bois, ushbu fan sug‘urtaning paydo bo‘lishi va tadrijiy rivojlanishi, 
sug‘urta nazariyasining mohiyati, asoschilari va namoyondalari, sug‘urta 
himoyasining talqini, sug‘urta munosabatlari tizimining mazmuni va tashkil qilish 
asoslari, sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlar, ularning huquq va 
majburiyatlari, sug‘urta sohasini tartibga soluvchi huquqiy-me’yoriy asoslar, 
sug‘urta sohasini nazorat etuvchi organning tashkil etilishi, majburiy sug‘urtaning 
sug‘urta tizimidagi o‘rni, uni tashkil etishning zarurligi va afzalliklari va boshqa 
atributlarni tizimli va kompleks ravishda mujassamlashtiruvchi ilmiy-nazariy va 
metodologik asoslar yaxlitlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillari nuqtai-nazaridan 
mantiqiy ketma-ketlikda o‘z aksini topgan.
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 yil 28 yanvardagi 
2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”,
PF-60-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta'lim 
to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli, 2019 yil 29 oktabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat 
to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-sonli Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5847-sonli Farmoni va 
2019-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish 
va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-
sonli asosiy qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib 70412206 – “Sug‘urta kompaniyalarini 
boshqarish” magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilinayotgan tinglovichlar 
quyidagi bazaviy mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab 
qilinadi. 




Yüklə 71,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin