O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga
Men Eshqulov Obod Abduxamidovna men ariza yozishimdan maqsad shuki meni o`g`lim Xusanov Elnurbek Otabek o`g`li xozirgi kunda Qarshi shaxar qamashi 34 koloniyada jazo o`tamoqda men onasi Eshqulova Obod sizdan iltimos qilib so`rayman o`g`limni o`z yashash joyimga yaqin bo`lgan Surxondaryo viloyati Sherobod tumaniga o`tkazishlaringizni so`rayman.Men Qarshiga kelib ketishga oilaviy sharoitim og`ir qaromog`imda voyaga yetmagan farzandlarim bor keksa onamga xam o`zim qarayman o`zim yolg`iz onaman ayollar daftarida turaman.Borib kurishga imkoniyatim yo`ligi masofa uzoq uydagi keksa onamni va 9-sinfda o`qiydigan bir qizim bor uni yolg`iz tashlab ketib bulmaydi shu sababli menga yordam qilishingizni so`rayman.Yaqinda o`g`lim Elnurbek kasal bo`lib qoldi men yuqoridan yordam surab pm.gov.uz saytiga yozgan edim 34 kolonka xazayini S.F o`g`lim bilan uchakishib izalatorga kasal bolani tiqib quydi nima bu xam uzbek bolasi musulmon insoniylik qayerda qoldi mayli bolam yoshlik qilibdi tavba qilyapti xamma qatori qamoqda bulsa xam odam urnida kurishsin qachongacha haqiqat izlab chopamiz o`g`limga yordam berishingizni Sherobodga o`tkazishda yordam qilingizlar.Bu yozgandan keyin xam yana silar tepaga yozdilaringma deb yana o`g`limga nimadur deydi shundan xavotirdaman sizlarga yozmasam boshqa qayerga yozib yordam so`rayman.Izalotorga kasal bolamni ko`rgani borsam qo`ni qo`shnilardan qarz olib taksi gaplashib borsam o`g`limni qurqitib yopiqlikga tiqtiraman deb qamapti nima qamash chiqarishni shular xal qiladimi tepadagilar xal qilmaydimi bular o`z vazifasiga javob bersin.O`g`limni ahvoli juda yomon bu voqeadan shokka tushib o`z joniga qasd qilmoqchi bo`libdi men bordim meni aldab o`tirgizib o`g`limni ekispirtga olib chiqib kelishibdi o`g`limga biron narsa bo`lsa kim javob beradi otasi yu` men yolg`iz onaman o`g`limni qilgan xatolarini kechirishingizni so`rayman.Men bugun O`zbekiston Respublikasi IIB xuzuridagi J.I.E.D boshlig`i R.Tursunovga xam murojaat qildim afsuski natijasi bulmaydi meni o`g`limni xayoti uchun kim javob beradi men xam onaman yordam berishingizni so`rayman o`g`limni Sherobot tumaniga o`tkazishda yordam berishingizni va bilib bilmay qilgan gunohlarini kechirishingizlarni so`rayman.Shu kungacha men kup marotaba ariza bilan sizlarga murojaat qilib kelmoqdaman ammo hech qanday yengillik yuq.7-iyul kuni o`g`limni 34 kolonka boshliqlari yopiq qamoqhonaga vazvorot qilib yubordi o`g`lim hozirgi kunda S 5 Shayxali qamoqxonasida yotibdi.Men o`g`limni mazasi yuqligi sababli Sog`liqni saqlash vazirligidan yordam surab ariza yozganman murojaatlarimdan keyin boshliqlar o`g`lim bilan uchakishib o`g`limni xar xil baxonalar bilan yopiqqa solishdi o`shanda xam urib izalotorga tiqishgan ularni maqsadi o`g`limni uldirishmi men bordim menga kup vadalar berib junatishdi,men 8-iyul kuni 34 kolonkaga bordim boshliqlar bilan suxbat qildim o`g`lingiz kechasi soat 2 dan 4gacha qamoqxona atrofida aylanib yurgan biz urtoqlari sinfdosh qizlari kurgani borganmish u xodimlar djurni nega nazorat qilmadi ularni vazifasiku usha maxbuslar ularga omonat emasmi ularni kuzi qayerda men u xodimlarni be farqligi uchun xam ularga xam qonuqmi jazomi kurishlaringizni so`rayman oylik oladi armiyaga borganda qasamyod ishga kirayotganda xam el uchun yurt uchun vadalar berib jon berib ishlaymiz deydiku oylikni xalollab olib yesin maxbuslarni ayiblamay boshliqlarga xam chora kurish kerak maxbuslarni ayblash osonda men o`g`lim Xusanov Elnurbekni yopiq qamoqdan 34 kolonkaga qaytishini iltimos qilib surayman.