2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Soliq stavkalari Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno):