13
ta’minlashdagi qiyosiy samaradorligi taqqoslanadi. Ya’ni, mulkchilik shakllari va
shartnoma shakllarining keng doirasi ko`rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga
oshiriladi
Mulkchilik huquqlari nazariyasi
(R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va
optimal shartnoma nazariyasi
(J.Stiglits, Y.Maknil)ning tadqiqot dasturi ana
shunday. Bu yerda mulkchilik huquqlarining o`rnatilishi va samarali himoyalanishi
uchun mas’ul bo`lgan davlat nazariyasi,
ijtimoiy tanlov nazariyasi
(J.Byukenen,
G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo`lgan
konstitutsiyaviy
iqtisodiyot
(V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa, konstitutsiyaviy iqtisodiyotning
vazifasi neoklassika, «eski» institutsionalizmning tarkibiy qismi hisoblangan
«tartib nazariyasi» hamda “ijtimoiy tanlov” unsurlarini uyg`unlashtirishdan iborat.
Ikkinchidan, neoklassik modelga
axborot xarajatlari
, ya’ni bitim
to`g`risidagi va bozordagi vaziyat to`g`risidagi axborotni qidirish va olish bilan
bog`liq xarajatlar tushunchasi kiritiladi.
Axborot nazariyasi
(J.Stigler)
neoinstitutsionalizm rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatdi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda
transaksiya
xarajatlari
mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta’kidlandi.
Transaksiya
xarajatlari nazariyasi
(R.Kouz, O.Uilyamson) uchun markaziy bo`lgan ushbu
atama zamirida bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha xarajatlar
tushuniladi. Transaksiya xarajatlari nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini
qo`llash natijasida
Yangi iqtisodiy tarix
(D.Nort) deb nomlangan tarixiy tahlil
paydo bo`ldi.
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich
o`yinlar
nazariyasi
(J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi
umumiy muvozanat modeliga nisbatan bildirgan tanqidiy xulosasi bilan boshlandi.
Aynan o`yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot modellarining tilini
shakllantirdi. O`yinlar nazariyasi quyidagi taxminlarga asoslanadi:
a) bir necha muvozanat nuqtalari mavjud bo`lishi mumkin;
b) muvozanat nuqtalari Pareto bo`yicha optimum nuqtalariga mos kelishi
shart emas;
v) muvozanat umuman mavjud bo`lmasligi mumkin.
Dostları ilə paylaş: