O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


-BOB. INSTITUTSIONAL NAZARIYALARNING PAYDO



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

1-BOB. INSTITUTSIONAL NAZARIYALARNING PAYDO
BO`LISHI VA RIVOJLANISHI
1.1. Institutsional nazariyalarning paydo bo`lishi va rivojlanishi tarixi
1.2. Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda
boshlang`ich nuqta masalasi
1.3. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo`nalishlari
1.4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari
1.1. Institutsional nazariyalarning paydo bo`lishi va rivojlanishi tarixi
Ilmiy iqtisodiy nazariyalar shakllanishi XVII asrda Yevropada dastlab
V.Petti, Buagilber, keyinroq esa, A.Smit va D.Rikardolarning klassik iqtisodiy
ta’limotlari bilan tavsiflanadi. X1X asrning yetmishinchi yillariga kelib, klassik
nazariyaning K.Menger, M.Jevons, L.Valras va boshqa tadqiqotchilarning faoliyati
zamiridagi marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik nazariya sifatida
A.Marshallning “Iqtisodiyot prinsiplari” asarida o`z ifodasini topdi.
A.Marshallning qarashlari J.B.Klark izlanishlarida takomillashdi.
Neoklassik nazariyaning asosiy tamoyillari ikki qismdan iborat. Asosiy
tamoyillarning birinchi qismini klassikaning “eski” tamoyillari, ikkinchi qismni
esa, neoklassikaning “yangi” tamoyillari tashkil etadi. “Eski” tamoyillar “qat’iy
negiz” bo`lsa, “yangi” tamoyillar neoklassikaning «himoya qobig`i»ni tashkil
etadi.
“Eski” tamoyillarga quyidagilar kiradi:
ô
bozorda hamma vaqt muvozanat mavjud, u yagona Pareto (Valras-Errou-
Dobre) optimumi talablariga mos keladi;
ô
bozorda individlar tomonidan oqilona tanlov amalga oshiriladi;
ô
individlarga tashqi omillar ta’sir ko`rsatmaydi, ularning biror holatni
afzal bilishi barqaror va ekzogen xususiyatga ega;
ô
xarajatlarning yagona turi – ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi.
Ayni chog`da ayirboshlash xarajatlari e’tiborga olinmaydi.
“Yangi” tamoyillarga ko`ra:
ô
bozorda ayirboshlashni amalga oshirish uchun resurslarning xususiy
mulkligi asosiy zamin hisoblanadi;
ô
individlarda bitim to`g`risidagi barcha axborot mavjud;
ô
ayirboshlash chegaralari kamayib boruvchi foydalilik tamoyili asosida
hamda resurslarning dastlabki taqsimlanishidan kelib chiqib, belgilanadi.
Klassik nazariyaning rivojlanishida kuzatiladigan istalgan qoida tuzatishlar
va aniqlashtirishlar jarayonida «Eski tamoyillar»ni tashkil qiluvchi fikrlar
o`zgarishsiz qolishi lozim. Ular tadqiqot paradigmasini, nazariyani izchil qabul
qiluvchi har qanday tadqiqotchining tanqidi qanchalik keskin bo`lmasin, “eski”
tamoyillardan voz kechilmaydi. Aksincha, nazariyaning rivojlanishiga qarab uning
tadqiqot predmetiga «yangi tamoyil»ni tashkil qiluvchi qarashlarga doimiy
tuzatishlar, yangi unsurlar kiritiladi.
«Eski» institutsionalizm nazariyasining mohiyatini yanada to`liqroq ko`rib
chiqish uchun ushbu ilmiy yo`nalishning ko`zga ko`ringan vakillari hisoblangan


6
T.Veblen, K.Polani va J.K.Gelbreyt qarashlariga murojaat etish mumkin.
Mashinali ishlab chiqarishning paydo bo`lishini tahlil qilishda kapitalist bilan
yollanma ishchi o`rtasidagi munosabatlar tizimi mehnat taqsimoti qabul qiladigan
quyidagi tashkiliy shakllar orqali ularning o`zaro ta’siriga e’tibor qaratildi: tabiiy
mehnat taqsimoti → kooperatsiya → manufaktura va mutlaq qo`shimcha qiymatni
shakllantirish → xususiy ishchining paydo bo`lishi → mashinalarning paydo
bo`lishi → fabrika → nisbiy qo`shimcha qiymatni shakllantirish.
Karl Polanining ta’kidlashicha, aynan milliy resurslar va mehnat bozorining
shakllanishi asosida davlatning aralashuvi yotadi. G`arbiy Yevropaning barcha
ichki bozorlari mahalliy bozorlar tabiiy evolyutsiyasining natijasi emas, balki
davlatning aralashuvi orqali barpo etilgan.
T.Veblen «Bekorchi sinf nazariyasi» (1899) [32] asaridagi odatlar
to`g`risidagi tahlilda xolizm metodologiyasini qo`llaydi. Odatlar individlarning
bozordagi, siyosiy sohadagi, oiladagi xatti-harakatlari doiralarini belgilab beruvchi
institutlardan biri hisoblanadi. Insonlar xatti-harakati Veblen tomonidan ikkita juda
qadimiy odatdan keltirib chiqariladi. Bu odatlarni u raqiblik hissiyoti
(boshqalardan birinchi bo`lish, umumiylikdan ajralib turish istagi) va mahorat
hissiyoti (halol va samarali mehnat qilishga moslashish) deb nomlaydi. Ushbu
muallifning fikriga ko`ra, raqiblik hissiyoti mulkchilik va bozordagi raqobatning
asosida yotadi. Ushbu hissiyotning o`zi individ o`z tanlovini amalga oshirishda o`z
foydaliligini ko`paytirishni emas, balki boshqalarning ko`z o`ngida o`z nufuzini
oshirishni ko`zlovchi «oshkora iste’mol»ni izohlaydi. Masalan, sotib olmoqchi
bo`lgan avtomobilni tanlashda iste’molchi uning narxiga va texnik xususiyatlariga
emas, balki muayyan rusumdagi mashinaga egalik qilish orqali ta’minlanadigan
nufuzga e’tiborni qaratadi.
Va nihoyat, “eski” institutsionalizm namoyondasi J.K.Gelbreyt tahlilini
axborot va axborot almashuvining ishtirokchilar o`rtasida taqsimlanishi
masalalaridan boshlaydi. Uning asosiy fikri – hozirgi bozorda hech kim to`liq
axborotga ega emas. Har bir shaxsning bilimlari ixtisoslashgan bo`lib, xususiy
ahamiyatga ega, axborot to`liqligiga faqat ushbu to`liq bo`lmagan bilimlarni
birlashtiruvchi tashkilot doirasida erishish mumkin, deb ta’kidlaydi. Bunda
hokimiyat alohida shaxsdan guruhga birlashgan, individuallikka ega bo`lgan
tashkilotlar qo`liga o`tadi. So`ngra bu tashkilot individlarning xatti-harakatiga
ko`rsatadigan ta’sirni tahlil qilib, individlar tavsiflarini institutsional muhit
funksiyasi sifatida ko`rib chiqadi. Masalan, uning ta’kidlashicha, iste’mol
talabining o`sishi iste’molchilarning o`z ichki tuyg`ulari yuqori bo`lishidan emas,
balki ularni ishontirish uchun reklamadan faol foydalanuvchi korporatsiyalar
manfaatlarining o`sishidan kelib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy
tadqiqotlar ko`lami yanada kengaydi va chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon
iqtisodiy ta’limotlarining yirik yo`nalishlari shakllanishi ro`y berdi.
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarini o`rganishning keng tarqalgan
yondashuvlariga ko`ra, ular uchta yo`nalish: neoklassika, institutsionalizm va
keynschilikdan iborat. Biroq, mamlakatimizda mazkur yo`nalishlar – ayniqsa,


7
institutsionalizm yo`nalishi sohasidagi ilmiy –nazariy, o`quv-uslubiy jabhalar
yaxlit bayon etilgan adabiyotlarni yetarli deb bo`lmaydi.
Institutsionalizmning nazariy yo`nalish sifatida shakllanishi bevosita klassik
va neoklassik nazariyalar bilan bog`liq. Binobarin, neoklassika tamoyillaridagi
yuqorida ko`rsatilgan cheklovlarni hisobga olgan holda bozor modelini tuzishga
yo`naltirilgan nazariya – institutsionalizm hisoblanadi. Ushbu nazariyaning
tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan barpo etiladigan va o`zaro
hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy me’yorlar va qoidalar
turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik yondashuvga nisbatan yangi
nazariya bo`lib, bozor munosabatlari tahlilining yangi sohasidir.
Institutsionalizm bugungi kunda iqtisodiyot fanining eng tez rivojlanib
borayotgan yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu ko`proq neoinstitutsional
iqtisodiy nazariyaga yoki yanada kengroq aytadigan bo`lsak, neoinstitutsional
nazariyaga yoki neoinstitutsionalizmga taalluqli.
Ilmiy manbalar [30, 32, 34, 40, 41, 47] guvohlik berishicha,
neoinstitutsionalizm chuqur tarixiy ildizga ega. XIX asr oxiri – XX asr boshida
yuzaga kelgan “eski” institutsionalizmning dastlabki asoschilari bo`lib T.Veblen,
J.R.Kommons va U.Mitchellar hisoblanishadi. Hozirgi zamon iqtisodchilari
ularning ishlaridan bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan va
iqtisodiyot fanining an’anaviy usullari yordamida izohlanishi qiyin bo`lgan
jarayonlarni tahlil qilish imkonini beruvchi g`oyalarni topmoqda.
Biroq o`tgan asrning 60-70 yillarigacha institutsional yo`nalish ancha sust
rivojlangan. Keyinchalik eski g`oyalar ikkinchi bosqich institutsionalistlari –
J.K.Gelbreyt, R.Xaylbroner, F.Perru, J.Furaste, G.Myurdal va boshqalarning
ishlarida o`z aksini topgan.
“Eski” (zamonaviy) institutsionalizmning uchinchi bosqichi asosan
J.Xodjson boshchiligidagi [55] “kembridj maktabi” olimlarining faoliyati bilan
bog`liq hisoblanadi.
Shu bilan birga turli iqtisodiy maktablarga mansub bir qator iqtisodchilar
[30, 31] institutsional tizimlarni tahlil qilish bilan shug`ullanib, o`z tadqiqotlarida
institutsional yondashuvdan bevosita yoki bilavosita foydalanishgan.
Institutsional nazariyaning ko`p sonli masalalarini yorituvchi adabiyotlarda
institutsionalizm turli yo`nalishlarining metodologik xususiyatlari to`g`risidagi
fikr-mulohazalarga katta ahamiyat berilgan [31, 39, 40, 50, 56].
“Eski” institutsionalizm bilan neoinstitutsionalizmda ko`plab umumiylik
mavjud – bu institutlarni tadqiq etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni
o`rganishga nisbatan evolyutsion yondashuvning ayrim jihatlarini tahlil qilishdir.
Umuman olganda ushbu ikkita yondashuv kesishuv nuqtalariga ega emas.
Rossiyalik olim R.Nureevning fikriga ko`ra, “eski” institutsionalizm bilan
neoinstitutsionalizm o`rtasida, kamida, uchta asosiy farq mavjud
2
.
2
Nureev R. Institutsionalizm: vchera, segodnya i zavtra. V kn. «Institutsionalnaya ekonomika». Uchebnoye
posobiye G’ A.Oleynik. –M.: INFIM, 2000. -5-7 b.


8
1) Agar “eski” institutsionalistlar zamonaviy iqtisodiy nazariya
muammolarini jamiyatdagi boshqa fanlar usullari bilan o`rganishga intilgan holda
huquq va siyosatdan iqtisodiyot tomon borishsa, neoinstitutsionalistlar bunga
to`g`ridan-to`g`ri qarama-qarshi yo`ldan borishadi, ya’ni o`z tahlilida neoklassik
iqtisodiy nazariya vositalariga tayanadi, zamonaviy mikroiqtisodiy usullarni
qo`llagan holda siyosiy va huquqiy muammolarni o`rganishadi.
2) “Eski” institutsionalizm asosan induktiv usulga asoslanib, alohida
holatlardan umumlashtirishga tomon intildi, buning natijasida, qator
iqtisodchilarning fikriga ko`ra, umumiy institutsional nazariya yuzaga kelmadi;
neoinstitutsionalizm deduktiv yo`ldan borib, neoklassik iqtisodiy nazariyaning
umumiy tamoyillaridan ijtimoiy hayotning muayyan hodisalarini izohlashga
intilmoqda.
3) “Eski” institutsionalizm radikal iqtisodiy tafakkur oqimi sifatida asosiy
e’tiborni insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan, kasaba
uyushmalari va hukumat) xatti-harakatiga qaratdi; neoinstitutsionalizm qaysi
jamoa a’zosi bo`lish uning uchun foydali ekanligini o`z manfaatlariga amal qilgan
holda hal etuvchi mustaqil individga e’tibor qaratadi.
4) “Eski” institutsionalizm metodologik xolizmdan foydalanadi, uni umumiy
tarzda quyidagicha ta’riflash mumkin: “institutlar birlamchi, individlar
ikkilamchi”. Ushbu holat neoinstitutsional nazariyaga asos qilib olindi.
Shu nuqtai nazardan “eski” va “yangi” institutsional maktablarni bir biridan
farqlash lozim. Ingliz iqtisodchisi J.Xodjson [55] u yoki bu yo`nalishga mansub
olimlarni quyidagicha tarzda tasniflashni taklif qiladi:

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin